Ulug‘lar qayerda tug‘iladi?
Marv shahri qozisining bir qizi bor edi. Unga o‘lkaning eng oldi boylari, mansabdor kishilar, molu mulk egalari xaridor bo‘lishdi, ammo qozi ularning hammasiga rad javobini berdi.
Qozining Muborak ismli quli bor edi. Kelganiga ikki oy bo‘lgan, bu orada bog‘dagi mevalar pishgandi. Xo‘jayin Muborakka uzum keltirishini buyurdi. Ammo olib kelingan uzumlar rangi chiroyli bo‘lsa ham, hali yetilmagan edi. Qayta olib kelishga yubordi, lekin bu safar ham xuddi oldingisidek nordon chiqdi.
– Axir, tokzorda qancha uzum bor, nega faqat pishmaganini olib kelyapsan? – so‘radi qozi.
– Qaysinisi shirin, qaysinisi xom ekanini bilmayman, – javob berdi Muborak.
– Subhanalloh, – dedi hayrat bilan xo‘jayin, – ikki oydan beri bog‘dasan, haligacha qaysisi shirin, qaysisi nordon bilmaysanmi? Yeb ko‘rmadingmi?!
– Xo‘jayin, vazifam uzumlarni qo‘riqlash, yeyish emas. Siz menga bog‘ni muhofaza qilishni topshirgansiz. Shunday bo‘lgach, mevalardan yeyishim to‘g‘ri bo‘ladimi?
Qozi bunday hodisaga birinchi marta guvoh bo‘layotgandi. Ko‘nglidagidek insonni topgan edi. Muborakka dedi:
– Sendan bir narsani so‘ramoqchiman. Mening qizim bor, bir qancha mansabdor, serdavlat kishilar qo‘lini so‘rashdi. Ularning qay biriga rozilik berishni bilmayapman. Nima qilsam ekan?
Muborak javob berdi:
– Johiliyat davrida naslu nasabiga, nasroniylar va yahudiylar husniga, Saodat asrida dindorligi, taqvosiga qarab kuyov tanlashardi. Davrimiz odamlari esa molu mansabiga qarashadi. Shunday bo‘lgach, sovchilardan xohlaganingizga beravering.
– Men ham dindorligi va taqvosiga qarayman, shuning uchun qizimni senga beraman. Chunki bu go‘zal xislatlarni senda ko‘rdim.
Muborak o‘zining qul ekanligi, qizning ham bunga rozi bo‘lmasligi mumkinligini aytdi. Ammo qozi qarorida qat’iy edi. Muborakni uyiga boshladi. Uyga kirgach, xotiniga dedi:
– Bu solih, taqvoli, dindor qulimiz. Qizimizni unga bermoqchiman, nima deysan?
– O‘zingiz bilasiz, faqat qizingizdan ham bir so‘raylik.
Ona bo‘lgan gapni aytganida qiz bu xususda ixtiyori ota-onasida ekanini bildirdi. Shundan keyin nikoh o‘qildi. Ammo Muborak kelinning yoniga kirmas edi. Bu ahvol qirq kun davom etdi. Bir sabab bilan holatdan xabar topgan ona chidolmadi, eriga aytdi:
– Topgan kuyovingiz shuncha paytdan beri qizimizning yuziga ham boqmabdi. Bu nima qilgani?
Bu haqda qozi Muborakning o‘zidan so‘raganida shunday javob oldi:
– Meni to‘g‘ri tushuning. Qizingizdan xushlanmagan joyim yo‘q, faqat bir andisham bor. Siz shuncha yil qozilik qilgansiz, qizingiz biror shubhali luqma yegan bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘tgan kunlar davomida unga halol yedirdim, ichirdim. Bu ishni faqat Alloh bizga solih farzand ato etsin, degan niyatda qildim.
Keyinchalik bu oilada o‘g‘il dunyoga keldi. Ismini Abdulloh qo‘yishdi. O‘sha go‘dak valiy zot bo‘lib yetishdi. Bu – Abdulloh ibn Muborak edi.
“Irfon” taqvimining 2012 yil 2-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.