background
logotype
image1 image2 image3

Uch harakat tarixi

Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib: 
— Ey amiral mo‘minin, siz: “Laa ya’kuluhu alla’l-xootuun” (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: “qonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi”) qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. “Laa ya’kuluhu alla’lxootuun” emas “illa’l-xootiuun”. (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi”),  deb to‘g‘ri o‘qigin, –dedilar. 
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.