background
logotype
image1 image2 image3

Shayton vasvasasi iymondan ayiradimi?

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
«Bir kishi menga xat yozib, o‘z holatini bayon etdi:
«Hazrat, mening qalbimga shunday yaramas, qabih fikrlar, alfozi kufrlar keladiki, agar u gaplarni tilimga chiqarib yuborsam, kofir bo‘lib ketaman, deb qo‘rqaman. Mana shunday iflos fikrlar ko‘nglimga kelganda men iymondan ajrab qolmaymanmi? Ushbu maktubni yozyapman-u, shularni o‘ylab, ko‘zimdan yosh to‘xtamayapti…»
Keyin men unga javob yozdim:
«Shunday xayolotlar kelganda siz uni qanday qarshilayapsiz?»
«Taqsir, bunaqa holatda qalbim ezilib ketadi. Haligi yaramas xayolni ichimdan chiqaraman, deb o‘zimni qiynab, yig‘lashgacha boraman, alamlanib ketaman».
«Siz beshak musulmonsiz. Alloh agar sizga rahm qilmaganida shu fikrni tilingizga chiqargan bo‘lardi. Rasululloh s.a.v. derdilar: «Shaytonning ishini faqat vasvasa qilish qilib qo‘ygan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!» Demak, shayton bizni vasvasa qiladi-yu, undan uyog‘iga o‘ta olmaydi. Shayton zinoga da’vat qilishi mumkin, lekin sizning qo‘lingizdan yetaklab, u ishni qildirolmaydi. 
Mening dargohimda minglab inson va’z tinglaydi. Qani birontasi turib «mening qornimda najosat yo‘q», deb aytsin-chi. Modomiki, hammaning qornida najosat bor ekan, to u tashqariga chiqmaguncha tahorat sinmayaptimi, qalbdagi iflos narsalar tilga chiqmaguncha iymon ham sinmaydi».

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.