Olmos sinsa sinsin, so‘zingiz sinmasin!
Mahmud G‘aznaviyning Ayoz degan quli bo‘lib, podshoh uni yaxshi ko‘rar, vazirlarining gapini olmagan holda, Ayoz nima desa, shunga ko‘nardi. Bunga vazirlarning hasadi kelib, podshohdan buning sababini so‘rashibdi.
Shunda Mahmud G‘aznaviy o‘zining judayam qimmatbaho olmosini bosh vazirining qo‘liga berib, so‘rabdi:
— Shu olmos haqida nima deysan?
— Hazrat, bu olmosning dunyoda naziri yo‘q, juda qimmatbaho. Bu dunyoda undan faqat sizda bor xolos.
— Yaxshi, endi uni yerga urib sindir.
— Yo‘q, hazrat, bunday qimmatbaho olmosni sindirolmayman.
Podshoh boshqa vazirlardan ham yuqoridagi so‘rovni talab qilibdi. Barcha vazirlar olmosni sindirishdan qo‘rqishibdi.
Shunda Mahmud G‘aznaviy Ayozni chaqirib, shu olmosni sindirishi kerakligini aytibdi. Olmosning tengsiz ekanligini bilgan holda, qul uni yerga urib, parcha-parcha qilibdi.
— Ey, Ayoz, qarshingda o‘tirgan vazirlarning har biri dunyoga teng ilmu kamolotga ega. Ular shunday qimmatbaho olmosni sindirmagani holda, sen nega urib, parcha-parcha qilding? Sening ulardan ko‘ra aqling ziyodami? Yoki ular ahmoqmi?
— Podshohim, dunyoda nimaiki qimmatbaho bo‘lsa, mayli, sinib ketsin. Lekin, sizning so‘zingiz sinmasin! Menga olmosdan ko‘ra sizning gapingiz qimmatliroqdir...
Taqiy Usmoniy aytadilar: «Ko‘rdingizmi, bizning holatimiz ham podshoh bilan qulning ushbu misoli kabidir. Biz ham Alloh taoloning hukmini sindirishdan qo‘rqmayapmiz-ku, lekin nafsimizning hukmi oldida boshimizni egyapmiz».
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Ro‘za kitobi
- Tahorat kitobi
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.