background
logotype
image1 image2 image3

Odobni yo‘qotmang!


Suv, Olov va Odob uchalasi do‘st bo‘lishibdi. Bir kuni birga sayrga chiqishibdi. Qattiq shamol turgan ekan, xavotirlanishib, oldin Suvdan so‘rashibdi:
—     Yo‘qolib qolsang, seni qaerdan topamiz?
—     Qaerda sharillagan, shildiragan ovozni eshitsalaring, men o‘sha yerda bo‘laman, — debdi Suv.
Shundan so‘ng Olovdan so‘rashibdi:
—     Seni yo‘qotib qo‘ysak, qaerdan topamiz?
—     Qaerda tutun ko‘rsalaring, men o‘sha joyda bo‘laman, — debdi Olov.
Navbat Odobga kelganida, u shunday javob beribdi:
— Meni yo‘qotsalaring, izlab yurmanglar, hech qaerdan topa olmaysizlar.

Muna, Sumayro Abdulloh qizlari tayyorladi.

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.