Odamxo‘r daryo
Qays ibn Hajjojdan, roziyallohu anhu:
«Misr musulmonlar tomonidan ishg'ol qilinganida Misr xalqi Amr ibn Osning oldiga keldilar. Amr ibn Os o‘shanda Misr voliyi bo‘lib, yaqinda egallangan Bu’na shahrida turar edi. Unga:
— Ey amir, bizning Nil daryosi bilan bog‘liq bir odatimiz bor. O‘sha odat amalga oshirilmasa, daryo suvi toshmaydi. Hozirgi oydan o‘n ikki kecha-kunduz o‘tgach, bir bokira qizni ota-onasidan sotib olamiz va qizga chiroyli liboslar kiydirib, javohirlar taqib, uni Nilga otamiz. Shundan keyingina Nilning suvi toshadi. Bu vodiy tuproqlaridan yaxshi hosil olinishi uchun Nil toshishi kerak, — deyishdi.
Amr ibn Os:
— Islomiyatda bunday qilish mumkin emas. Islom dini oldin mavjud bo‘lgan barcha yomon va Hayriinsoniy urf-odatlarni bekor qilgan, — dedi.
Amr ibn Os huzuriga kelgan hay’at u yerdan ketmay, Bu’nada qoldi. Nil esa toshish vaqti bo‘lganiga qaramay, hech toshmas edi. Katta qurHoqchilik boshlanay deb qoldi. Shunda Amr ibn Os vaziyatni Hazrati Umarga yozishga majbur bo‘ldi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu: “Sen to‘g‘ri yo‘l tutibsan, islomiyatda bunday narsa (botil ishonch)larga yo‘l yo‘q. Senga yuborilayotgan bu xat orasida bir parcha qog'oz bor. Uni Nilga otgin”, deb javob yozdi.
***
Bu hikoya to‘la holda “Tayyidati Hoybiyya va daryolarning bo‘ysundirilishi” bahsida keladiki, uning oxiri quyidagicha:
“Amr ibn Os qog'oz parchasini daryoga otdi. Ertasiga shanba kuni edi. Ertalab turganlarida Nilning suvi o‘n olti ziro’ (uzunlik o‘lchovi) ko‘tarilganini ko‘rdilar va o‘sha kundan boshlab, bu yomon odat Misr xalqi orasida bekor bo‘ldi”.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.