background
logotype
image1 image2 image3

Nega yoqtiramiz? Kelishmaymiz? Unutamiz?

Ibn Umardan, roziyallohu anhu:
“Bir kuni Hazrati Umar, roziyallohu anhu, Hazrati Aliga:
— Ey Abu Hasan, ko‘pdan beri sendan so‘rashning imkoni bo‘lmayotir. Ba’zan seni topolmaymiz. Seni bu yerdaligingda biz boshqa joyda bo‘lamiz. Meni o‘ylantirib yurgan uch savol bor. Shuni sendan so‘rayman, — dedi.
— Qanday savollar ekan? — so‘radi Hazrati Ali.
— Ba’zan bir odam boshqa bir odamni, undan hech qanday yaxshilik ko‘rmagan bo‘lsa hamki, yaxshi ko‘radi. Ba’zi kishilar esa boshqa birovga, undan biror yomonlik ko‘rmagani holda buHzu adovat qilishadi. Buning sababi ne?
— Ruhlar havoda guruh-guruh  holida qo‘nimgohlarda to‘plangan askarlarga o‘xshaydilar, bir-birlari bilan tanishib, do‘stlashadilar, — javob bera boshladi Hazrati Ali. — U yerda tanishib, bir-birlari bilan ahil-inoq bo‘lganlari bu yerda ham topishadilar, o‘zaro kelishadilar. U yerda bir-birini tanimay, bir-birlaridan uzoq qolganlar bu yerda ham kelisha olmaydilar.
— Bu birinchi savolim edi. Ikkinchisini eshit. Kishining ko‘rgan tushlaridan bir qismi to‘g‘ri chiqadi. Bir qismining esa haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Nega shunday?
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Erkakmi-ayolmi, har bir banda uyquga ketganidan so‘ng ruhi Arshgacha ko‘tariladi. Arshga yetib borgunicha uyHonmagan ruhlarning ko‘rgan tushlari to‘g‘ri chiqadi. Arshga bormasidan uyHonib qolgan ruhlarning tushlari esa yolg‘onchi tushlardir”, deya marhamat qilganlarini eshitgan edim.
— Ikkinchisi ham hal bo‘ldi. Endi uchinchisini aytay. Goho kishi biror narsani tushuntirmoqchi bo‘ladi-yu, o‘sha zahoti unutib yuboradi, oradan ozroq vaqt o‘tib yana esiga tushadi. Nega bunday bo‘larkin-a?
— Har bir miyada oyning yuzini pardalagan (to‘sgan) xira bulut parchasi yanglig' bir “bulut” bor. Oy nur socharkan, bir bulut parchasi kelib, yuzini to‘sgani, ko‘p o‘tmay yana ochilgani singari kishi ham gapirayotganida, to‘satdan o‘sha “bulut” kelib, aqlini o‘rab oladi. Shunda kishi tushuntirmoqchi bo‘lgan narsasini unutib qo‘yadi va “bulut” tarqalishi bilan uni qayta eslaydi.
— Mana shu uch narsa doim zehnimni xira qilib turardi. Allohga shukrlar bo‘lsin, endi tinchlandim, — dedilar Hazrati Umar, roziyallohu anhu”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.