background
logotype
image1 image2 image3

Namozingiz qabul bo‘lyaptimi?

Hindiston ulamolaridan Imdodulloh Makkiy huzurlariga bir kishi kelib, shikoyat qilgan ekan:
— Necha yillardan beri namoz o‘qiyman. Lekin namozim qabul bo‘lyaptimi-yo‘qmi, shuni bilmay, iztirobdaman…
Shunda Hazrat Imdodulloh Makkiy bizlarni ham ko‘nglimizni ko‘taradigan javob bergan ekanlar:
— Ertalab bomdodni o‘qiganmidingiz?
— Ha, o‘qigandim.
— So‘ng peshinni o‘qidingizmi?
— Ha, o‘qidim.
— Agar Alloh namozingizni qabul qilmaganida, sizga keyingi namozni o‘qishga tavfiq bermasdi. Namozingiz davomiy bo‘lyaptimi, demak, Alloh ibodatingizni qabul qilyapti. Agar qabul qilmaganida keyingi namozga yetkazmasdi…

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.