background
logotype
image1 image2 image3

Nafs bandasi

Shayx Sa’diy aytadilar:
«Sening odamlar ko‘zi uchun o‘qiydigan uzun-uzun namozlaring do‘zaxning eshigiga kalit bo‘lib tushaveradi».
Bir obid kishi bor edi. U bir kun podshohning huzuriga ziyofatga bordi. Obid u yerda ovqatni kamroq yedi. Namozga turishganda esa namozni uzun o‘qidi.
Uyga qaytgandan so‘ng obid kichik o‘g‘liga buyurdi:
— O‘g‘lim, dasturxonni olib keling, ovqatlanib olay.
— Dada, hozirgina ziyofatdan qaytmadingizmi?
— Ha, hozir qaytdim. Ammo u yerda ko‘p ovqat yesam odamlar bu andishasiz kishi ekan deyishmasin dedim. Kamroq taom yesam bu odam riyozatli ekan deb o‘ylashadi. Endi ovqatni olib chiqsangiz qayta yeb olsam.
— Dada, unda namozni ham qayta o‘qib oling!
Sa’diy aytadilar:
«Ey obid! Sen qandayin insonsaki, yuzing qibladayu, qalbing orqada turibdi. To‘g‘ri qarab turgan bu yo‘lim Ka’baga olib boradi, deb xomtama bo‘lma!»

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.