background
logotype
image1 image2 image3

Murshidning tadbiri

Bir guruh kofirlar shogirdlari bilan suhbatlashib o’tirgan murshidning huzuriga kelib, murojaat qilishibdi:
-    Siz yolg’iz Alloh bor, deysiz. Qani o’sha Ilohingiz? Bizga ko’rsating-chi!?
-    Alloh qalbimizda, - debdi murshid.
-    Demak, har bir musulmonning qalbida bittadan Iloh bor ekan-da! Iye, bu yog’I qiziq bo’ldi-ku! – masxara qilishibdi ular. – Qani bu gaplarning mantig’i?!
-    Tunda kelinglar, buni sizlarga tushuntirib beraman, - debdi murshid.
Musulmonlarni mag’lub etib, g’alaba nashidasini surish orzusida tayinlangan vaqtda kelgan kofirlar suv to’latilgan chelaklarni, ko’rib, hayron bo’lishibdi. “Osmondagi oyni ko’ryapsizlarmi?” debdi murshid. Ular tasdiq ishorasini qilgach, “Endi chelakka qaranglar”, debdi. Idishlardagi oyning tasvirini ko’rgan kofirlar gap nimadaligini anglab, mulzal bo’lishibdi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.