background
logotype
image1 image2 image3

Muhabbat bilan birga

Bir ayol kechqurun uyiga qaytganida, eshigi oldida uch mehmon turganini ko‘rdi va ulardan kimligini so‘radi. Birinchisi: “Mening ismim Boylik”, ikkinchisi: “Meniki Baxt”, uchinchisi: «Meniki esa Muhabbat”, deb o‘zilarini tanishtirishdi.
Ayol uyiga taklif etdi, ammo ular kirishni xohlashmadi. Ayol hozirgina ishdan qaytgan eriga voqeani aytdi. Eri:
—     Ularni uyga taklif qil, dedi.
Ayol yana taklif qilganida, ulardan biri:
—     Hammamiz bir paytda kira olmaymiz. Sen uchovimizdan birimizni taklif qilishing kerak, dedi.
Ayol bu gapni eriga yetkazdi.
—     Unda Boylikni chaqir, uyimiz noyob, qimmat narsalarga to‘lsin, — dedi eri.
Ayol esa Baxtni chaqiraymi deb turganida, kelini:
—     Muhabbatni taklif qilaylik, uyimiz sevgi-muhabbatga to‘lsin, — dedi.
Ayolga ham, eriga ham bu taklif ma’qul keldi. Muhabbatni ichkariga chorlashdi. Muhabbat uyga kirarkan, Boylik bilan Baxt ham uning ortidan ergashishdi. Ayol:
—     Biz Muhabbatni taklif qildik. Sizlar... — dedi hayron bo‘lib. Boylik shunday javob berdi:
—     Agar meni yoki Baxtni taklif qilganlaringda, qolganlar kutgan bo‘lardi. Modomiki Muhabbatni istagan ekansizlar, Boylik va Baxt ham u bilan birga bo‘ladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.