background
logotype
image1 image2 image3

Xurshid Sulton Sayyidxon o’g’li

ELGA SAHOVATGA O’T

Ayo do’stim, kel endi toat-ibodatga o’t,
Qo’y zalolat yo’lini, rohi saodatga o’t.
Nafs etar kishini adlu adolatdan yiroq,
Bo’lmayin nafsingga qul, Haqqa itoatga o’t.
Deydilar ba’zilar shirin suhbat ig’vo erur,
Qo’y shirin suhbatnikim, Qur’on tilovatga o’t.
Suyaksiz til har so’z aytur, aning so’rog’I bor,
Demayin behuda so’z, aytmak salovatga o’t.
Har ki, dil istagi topmoqlik osoyishtalik,
Haqni top aql ila, dilda halovatga o’t.
Hurshido, do’stlik tutib ayladi izhori dil,
Qo’ygil dil izhoring, elga saxovatga o’t.
Tark etib do’stlar bir-bir, dushmanga qolma tanho.
Ag’yor nafs erur bil, yengmoqqa shijoatga o’t.

Xurshid Sulton Sayyidxon o’g’li


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.