background
logotype
image1 image2 image3

To’lqin Lutfullayev

ILTIJO
Oltmish yoshida Qur’on o’qishni o’rgana boshlagan kishining dil so’zi

Hofizi Qur’onlar etsa tilovat
Qalbimda bir narsa erib ketardi.
Har oyatda ming bir hikmat, tarovat,
O’rganmoq orzui kurtak otardi.
Muqaddas Qur’onga intilar yurak,
Ojiz bir bandangman, madad ber, Alloh.
Shunchaki gap bo’lib qolmasin tilak,
Qur’onini bilmaslik-bu ahir gunoh.
Turli harakatlar bezar saflarni,
Buncha turli-tuman urg’ular siri.
Qo’shilib, qo’shilmay turgan harflarning
Biri yozilsa ham, o’qilar biri.
Tajvid tarozusi shay turar doim,
Uning o’lchovidan chiqib ko’ring-chi.
Maxraj nosoz bo’lsa kechirgin, Tangrim,
Yolg’iz O’zingdirsan madad berguvchi.
Shukrlar bo’lsinki, uchrab ustozlar,
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.

To’lqin Lutfullayev, Mehnat faxriysi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.