background
logotype
image1 image2 image3

Shukur Qurbon

SHE’RGA TUSHGAN HADISLAR

“Alloh taolodan bandalarining qiyinchiliklariga yarasha madad ato qilinur…” (Ibn Hibbon rivoyati).

Har kim o’zi ma’suldir o’z orzu-niyatiga,
Ular qandoq? Nechog’lik  pokdir – o’zi biladi.
Bandaning ehtiyoji, sarf-xarajatiga
Qarab Parvardigordan yordam keladi.

“Kechirilmaydigan, kechiriladigan va unitilmaydigan gunohlar bor. Kechirilmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Kechiriladigani esa, Alloh bilan bandaning o’rtasidagi ma’siyat ishlar. Gunohning unitilmaydigani bandalarning bir-birlariga qilgan zulm va xiyonatlaridir” (Tabariy rivoyati).

Bir gunoh bor – qutulib bo’lmas itobsiz,
Gunoh bor – kechirilmas tavba-tavofsiz.
Lekin bandalarning bir-biroviga
Qilgan zulmi qolmas hisob-kitobsiz.

“Hojatning bitmay qolaverishi birovdan so’rab o’zni xor qilgandan yaxshidir”.

Hojatning chiqmasa-chiqmasin, mayli,
Kun o’tar bir navi busiz ham, biroq
Hojat chiqmasligi hojat tufayli
Xorlanishdan ko’ra yaxshiroq.


“Jihod to’rt xildir: 1. Amri ma’ruf. 2. Nahyi munkar. 3. O’zining zarariga bo’lsa ham rost so’zlash. 4. Fosiq kishining masxara qilishiga chidab turish”
(Abu Na’im rivoyati).
Jihodning turi ko’p, ular ichida
Shunday bir jihod bor ajib, ibratli.
Fosiqlar masxara qilsalar, chidash
Mo’min-musulmon aylar jannati

***

“…Jihodning afzali Alloh yo’lida o’z nafsi va xohishiga qarshi qilinadigan jangdir” (Tabariy rivoyati).

Boshlardan sochilmay turib to tuproq,
Jihod qiling Alloh yo’lida ko’proq.
Lekin jihodlarning orasida o’z
Nafsingizga qarshi jihod xo’broq.

***

“Yaxshi gumon qilish ham yaxshi ibodat qilish bilan barobardir” (Abu Dovud rivoyati).

Qalbning to’ridagi ishonch, ishtiboh
Odamning kimligin ko’rsatar albat.
“Yaxshilik qiladi bizlatga Alloh”
Deyish ham, aslida, yaxshi ibodat.

Shukur Qurbon


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.