background
logotype
image1 image2 image3

Zukkolik

Namoz o’qish oson ish emas. Ayniqsa, xuzu’ va xushu’ ila, surur va ixlos bilan, butun dunyodan ayrilib, butun fikru zikrini Haqqa mutavajjuh etib... 
Zotan, namoz musulmon zoti zimmasidagi farz ibodatkim, uni qanday kayfiyat va qanday holatda bo’lsa ham, ado etmoq lozimdir.
Og’ir kundir namoz qazo bo’lgan kun
Bundan yaxshi namoz o’qib o’lgan kun.
Degan satrlari-la, o’sha ma’suliyatni bag’oyat oydin ifodalagan Fozil ota bir kuni uch-to’rt qurdoshi bilan farzni ado etib, bexosdan:
-    Bir balodan qutulgandek bo’ldim-e, - debdi.
Shunda o’zini ahli tariqatlardan hisoblovchi mulla Safarboy buva aytibdiki:
-    Hay-hay, Fozil, bunday demang, Xudoga xush kelmaydi.
-    Gapimda ma’no yoq. Namoz-farz. Ammo shuni bajarmasak, namozni tark etsak, gunohkor bo’lamizmi? Alloh asrasin, biror yomonlikka giriftor bo’lishimiz mumkinmi, axir?! Men shuni balo dedim. Namoz – baloga qarshi qalqon.
-    Bo’ldi, bo’ldi, bu yog’ini o’ng’ardingiz, shoir, biz taslim, - debdi Fozil Zohidning hozirjavob-nuktadonligiga qoyil qolgan qurdoshlar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.