background
logotype
image1 image2 image3

Kishining uyiga borganda…

Izn so’rash, ya’ni birovning oldiga kirishda, beshta odob bor:
1.Kim birovning eshigiga kirishni istasa, kelganini eshik orqasidan eshikni ohista taqillatish yo yo’talish tariqasida bildiradi. 
2.Agar ovoz chiqsa, eshik orqasidan salom berib: “Ichkari kiraymi?” deb izn so’raydi. Bunday izn so’rash uch marotabadir. Har izn so’ragandan keyin to’rt rak’at o’qishga ketadigan vaqt miqdorida kutib turiladi.
3.Uch marta chaqirganda ham uy egasining ovozi chiqmasa va kirishga izn berilmasa, kutib turilmay, tezda ortga qaytiladi.
4.Agar uy egasi: “Siz kim bo’lasiz?” deb so’rasa, otini aytadi, ammo gumonli qilib: “Men oshnangizman” yoki “do’stingizman”, deyilmaydi.
5.Agar uy egasi bilan borilgan bo’lsa, sharoiti bo’yicha ish ko’riladi.

“Yaxshi kishilar odobi” kitobidan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.