background
logotype
image1 image2 image3

Imonga yetaklagan shafqat

Zimiston kechlardan birida Boyazid Bistomiyning majusiy qo‘shnilarinikidan chaqaloq yig‘isi eshitildi. Hazrat go‘dakning yig‘isiga sabab tunning qorong‘uligi ekanligini bilib, uylaridagi chiroqni qo‘shniga olib chiqib berdilar. O‘sha ondayoq chaqaloq yig‘idan to‘xtadi.

Birozdan keyin kelgan er, uydagi chiroqni ko‘rib, xotinidan kimniki ekanligini so‘radi. Bo‘lgan voqeani ayolidan o‘zgacha hayrat bilan tinglab, o‘sha zahoti imon keltirdi. Shugina emas, Bistomiy hazratlarining shafqati o‘sha majusiy oila a’zolarining barchasi islomni qabul qilib, musulmon bo‘lishlariga sabab bo‘ldi.

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 3-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.