background
logotype
image1 image2 image3

Imomi A’zam

Imomi A’zam - Abu Hanifa ibn Sobit (h. 80-150) - ulug‘ faqih olim, Hanafiya mazhabining imomi, Islom olamining yarmi uning mazhabiga asoslanadi.



Ilmga amal etishni o‘zingga odat qil; agar olim ilmini amaliyotga tatbiq etmasa, u ruhsiz badanga o‘xshaydi.

Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.

Biror kishining bizning so‘zimiz bilan fatvo bermog‘i durust bo‘lmaydi, modomiki, biz qaerdan gapirganimizni bilmasa.

Bilmagan narsalarimni oyog‘im ostiga qo‘yganimda boshim ko‘kka yetardi.

Pulning qaerdan va qanday kelayotganini bilmoqchi bo‘lsang, qaerga sarf qilinayotganiga qaragin.

Xayr va ehsonda isrof bo‘lmaganidek, isrofda ham hech qanday xayr yo‘qdir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.