background
logotype
image1 image2 image3

Ahmad Yugnakiy

Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar) - samarqandlik taniqli turkiygo‘y shoir, «Hibat ul-haqoyiq» dostoni muallifi.



Mol-dunyoim ko‘p, deb kibrlanmagin. Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi?! (O’lganda) yalong‘och ketasan. Hamyoning, to‘rvang, boylik to‘la sandig‘ing - bari qolib ketadi.

Ey do‘st, ulug‘larni izzat qil, foydasiz har narsaga aralashish va tortishuvdan saqlan.

Yaxshi fe’l bilan odamlar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha.

Kimda-kim «man-man» deb o‘zini baland tutsa, uni na xalq, na Alloh sevadi.

Ulfati yaxshi kishining o‘zi ham yaxshi bo‘lur, yaxshi ulfatli kishidan ko‘p yaxshilik kelur.

Otadan xato kelsa ko‘rma xato,
Savob bil, hattoki qilsa xato.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.