background
logotype
image1 image2 image3

Abu Sulaymon Doroniy

Abu Sulaymon Doroniy (vafoti 215/830) - o‘z davrining mashhur shayxlaridan, Shomda zohidlik harakatining yetakchilaridan.



Ko‘zlaringizni yig‘iga, qalblaringizni tafakkurga o‘rgatinglar.

Kishi gunohi tufayligina jamoat namozini o‘tkazib yuboradi.

Dunyoda tungi namoz (tahajjud), do‘stlar bilan suhbat va jamoat bilan o‘qiladigan namozdan boshqa zavq qolmadi.

Har narsaning alomati bor. Alloh taolo rahmatidan mahrum bo‘lishning alomati yig‘ini tark etishdir.

Faqat qalbida oxirat tushunchasi bo‘lgan kimsagina yomonliklardan uzoq tura oladi.

Kim dunyolikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, bunga hech qachon qanoat qilmaydi, yana istaydi. Kim oxiratlikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, u ham bunga qanoat qilmaydi, yana istaydi. Na dunyolik orzularining, na-da oxiratlik orzularining so‘nggi bordir.

Qalbda pok tuyg‘ular va oxirat qo‘rquvi bo‘lgan bir paytda nafsning havoyi orzulariga berilgan bir hayot keladi-da, uning tinchligini buzib, o‘ziga bir joy ochmoqchi bo‘ladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.