background
logotype
image1 image2 image3

Abu Hozim

Abu Hozim - ulug‘ tobe’inlardan, shayxlarning peshvosi, sahobalardan Anas ibn Molik, Abu Hurayra bilan hamsuhbat bo‘lgan.



Alloh yo‘lida ketmoqchi bo‘lsang, hech bir yordamchi topolmaysan. Lekin isyon yo‘liga kirmoqchi bo‘lsang, nimagaki qo‘l urmagin, ostidan senga yordamchi bir yomonning chiqib turganini ko‘rasan.

Alloh o‘rtaga qo‘ygan mashru’ (qonuniy) yo‘l bilan topganlaringga qanoat qil. Halol bo‘lmagan biron narsani o‘zingga mol deb bilma. Halol molingni va halol topganingni o‘z o‘rnida sarfla. Shunda dunyo sevgisi senga zarar bermaydi.

Dunyoda sevintiruvchi biron narsa yo‘qki, ketidan xafa qiluvchi bir narsa kelmasa.

Arzimagan bir dunyolik kishini buyuk uxroviy masaladan qoldirib yuboradi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.