background
logotype
image1 image2 image3

Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy (1878-1934) - taniqli o‘zbek ma’rifatparvar adibi, olim, jamoat arbobi, axloqiy-falsafiy kitob va darsliklar muallifi.



Sabr shunday kuchli bir narsadirki, g‘azabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavoze’ga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar.

Kishini kecha-kunduz tindirmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga ko‘krak berib ishlatadigan narsa Vatan va bola-chaqalarning mehru muhabbati emasmu?

Bolalarini pisand qilmagan millatlar inqirozi ularni yot qo‘llarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qo‘yganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar.

Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o‘g‘rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e’tibor berilmagan bolalardir.

Hayo, nomus imona dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildur.

Hayo pardasi ila o‘ralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas.

Ig‘vo va chiqimchilik eng yaramas sifat bo‘lgani uchun bu yomon sifatni o‘zlariga maslak qilib olgan kishilar xalq nazarida munofiq sanaladi.

G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.