background
logotype
image1 image2 image3

Hazrat Umarni yig‘latgan bola

Hazrat Umar (r.a.)ning muborak odatlaridan biri erta saharda masjidga borish edi. Hazrat Umar (r.a.) masjidga azon aytilmasdan oldin borar va namoz vaqtini jomeda kutar edi. Bir kun tong otmay turib masjvdga borar ekan, bir bolani shoshilib masjidga ketayotganini ko‘rdi. Bola Hazrat Umar (r.a.)ning nazarlariga tushdi.

Hazrat Umar (r.a.) bolaning buvday shoshilib ketayotganini ko‘rib, unga:

— Bolajonim, nega shoshilib ketayotibsan? Qaerga yugurib boryapsan? — dedi.

— Namozga ketmoqdaman, hazrat. Namoz vaqti yaqinlashdi. Mening esa tahoratim yo‘q, tahorat olishim kerak. Azon o‘qilmasdan oldin tahorat olib, namoz vaqtini kutaman. Shuning uchun yugurib ketyapman, — dedi.

Hazrat Umar (r.a.) bolaga:

— Bolam, sen juda yosh ko‘rinasan, senga namoz hali farz emas, — dedi.

Bola:

— Hazrat, bu ish uchun katta-kichiklik bo‘ladimi? Kecha mahallamizda yosh bir bola vafot etdi. U mendan ancha yosh edi. Demak, bu ish uchun katta-kichik bo‘lmaydi, — dedi.

Hazrat Umar (r.a.) bolaning bu so‘zlaridan juda to‘lqinlanib ketdi. Shunday mutaassir bo‘ldiki, shunday quvondiki, muborak ko‘zlaridan inju donalaridek yoshlar oqa boshladn:

— Yo Rabbiy! Bu bola qanday ajoyib, qanday aqlli. Bu go‘zal so‘zlar ulug‘larning og‘zidan chiqadigan so‘zlardir, — deb shunday yng‘ladiki, muborak xirqasi ho‘l bo‘lib ketdi.

Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.