Haqman deyishdan oldin...
Imom Shofi’iy shogirdlari bilan Bag‘dod ko‘chalarida yurardilar. Bir joyda ikki kishining diniy mavzuda tortishayotganini ko‘rishdi. Ulardan biri o‘zining haq ekanligini isbotlash maqsadida ikkinchisiga “Bu mavzuda Imom Shofi’iy ham xuddi men aytgan narsani aytganlar”, der edi. Vaholanki, u hazratni ko‘rmagan, eshitgandi. Shogirdlardan biri ularga yaqinlashib, nima masalada bahslashayotganlarini so‘radi. Gap nimadaligini bilgach, “Astag‘firulloh, Imom Shofi’iy hech qachon bunday gap aytmaganlar, siz o‘zingizni haqdek ko‘rsatish uchun uydirma qilyapsiz. Hazratning mazkur masalada bunday deyishlari aqlga sig‘maydi”, deb qancha tanbeh bermasin, boyagi kishi o‘z bilganidan qaytmadi.
Shogirdning bo‘lgan gaplarni Imom Shofi’iyga yetkazishdan boshqa chorasi qolmadi. Hazrat o‘zlarini tanitmay bahsga quloq tutishni lozim topdilar. Gap nimadaligini anglagandan so‘ng, u kishi ham “Shofi’iy bunday gap aytmagan”, dedilar. Biroq foydasi bo‘lmadi. Nihoyat hazrat: “Ey birodari aziz, men Shofi’iyman va bu gapni umuman gapirmaganman”, deb aytdilar. Ammo boyagi kishi shunda ham ishonmadi va gapidan qaytmadi: “Meni aldashga urinmanglar, Shofi’iy emasligingizni juda yaxshi bilaman!”
Bu rivoyatda katta ibrat bor. Ba’zan bir narsani isbotlash uchun keltirayotgan misollarini dinga, shariatga bog‘laydigan, hatto Rasululloh (s.a.v.)ning nomlari bilan ham bilib-bilmay gapirib yuboraveradiganlar yo‘q emas. Odamlar orasida urchiyotgan, necha yillardan beri yashayotgan zararli bid’atlar, irim-sirimlar ham aynan shunday johillik, ilmsizlikning natijasi.
Yuqoridagi rivoyat noto‘g‘ri dalil va tushunchalarga tayanib, turli fikrlarni atrofdagilarga yetkazayotgan, o‘zi qolib boshqalarni ham adashtirayotganlar uchun o‘rnak bo‘lishidan umidvormiz.
Iroda To‘raxonova
“Irfon” taqvimining 2013 yil 3-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Ro‘za kitobi
- Tahorat kitobi
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.