background
logotype
image1 image2 image3

Er topiladi, aka topilmaydi...

Zolimligi bilan nom chiqargan Hajjoj bir xotinning erini, o‘g‘lini va akasini bandi qildi. Ayol yig‘lab, faryod qilib, Hajjojning oldiga keldi.

Hajjoj:

— Bu uch kishidan birini afv etaman. Yaxshilab o‘ylab ko‘r. Qaysi birining ozod bo‘lishini xohlaysan? Eringnimi, o‘g‘lingnimi, akangnimi? — dedi.

Xotin:

— Er topiladi, yurtda erkak ko‘p. O‘g‘il tug‘iladi, istasam bir necha o‘g‘il tug‘aman. Ammo aka topilmaydi, chunki onam yana bir aka tug‘ib berolmaydi, — dedi.

Ayolning bu oqilona javobi va to‘g‘ri so‘zligi Hajjojga qattiq ta’sir qildi va:

— Hammasini kechirdim, sen ulardan birini kechirishimni so‘rab to‘g‘ri so‘zlading. Sening aqlli va to‘g‘ri so‘zliging menga yoqdi, — dedi. Va ularning hammasini birdan ozod etdi.

Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.