Eng yaxshi guvoh
Suyukli payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi vasallam) quyidagi hikoyatni rivoyat qilib bergan edilar:
“Bani Isroil qabilasidagi bir savdogar o‘z qabiladoshidan 1000 oltin dinor qarz so‘rab boribdi.
— Men pul berib turishga roziman, biroq tamoyilga ko‘ra, bir guvoh bo‘lishi kerak — debdi qarz berayotgan odam.
— Shohidlikka Alloh kifoya, — debdi savdogar.
— Men buni qabul qilaman, ammo sen safardan kelmay qolgan taqdirda pulimni qaytarib berishga bir kishi kafolat bo‘lib turishi zarur.
— Kafolat bo‘lib turuvchi ham Alloh, — javob beribdi savdogar yana.
— Men bunga roziman, — debdi qarz berayotgan kishi. — Men senga o‘zimiz kelishgan muddatga ming dinor berib turaman.
Savdogar pulni olib dengiz osha uzoq safarga yo‘l olibdi. U hamma ishlarini bitirib bo‘lishi bilan darhol aytilgan muddatda qarzini qaytarish uchun orqaga qaytib ketadigan kema qidiribdi. Baxtga qarshi bir qancha vaqt unga kerakli yo‘nalishda qatnaydigan kema topilmadi.
“Guvohim Alloh bo‘lgani sababli zudlik bilan omonatni qaytarishim shart”, — xavotirga tushibdi savdogar. “Qanday qilib o‘z vaqtida qarzimni qaytarsam ekan?!”.
U chor-atrofga qarab, to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan bir yog‘och bo‘lagiga ko‘zi tushibdi. Shunda savdogarda yog‘ochning ichini o‘yib, kavak qilish fikri kelibdi. U 1000 dinor pul bilan omonat bergan odamga yozilgan xatni kavakka joylabdi va teshikning og‘zini zichlab yopibdi.
U yog‘och bo‘lagini olib, iltijo qilibdi: “Yo Alloh. Mening 1000 dinor qarz olganligimdan xabardorsan. U odam guvoh talab qilganida Seni shohidlikka keltirsam qabul qildi, kimnidir kafillikka so‘raganida Seni kafil qildim, bunga ham rozi bo‘ldi. Men sidqidildan qarzimni o‘z vaqtida qaytaraman deb harakat qilsam ham buning ilojini qilolmadim. Endi esa bu omonatni Sen orqali berib yuboraman”. Savdogar shunday deb yog‘och bo‘lagini suvga tashlabdi va u ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha orqasidan qarab qolibdi.
Belgilangan muhlat yetib kelganida pulni omonatga bergan odam uning dinorlarini olib kelayotgan kema kelgan-kelmaganligini bilish maqsadida dengiz bo‘yiga boribdi. U kemani ko‘rmabdi, ko‘zi faqat o‘tin bo‘lishdan boshqa narsaga yaramaydigan yog‘ochga tushib, uni olib ketibdi. Uyiga kelganidan so‘ng o‘tinni yorib ko‘ribdi va uning ichidagi 1000 dinor pul bilan o‘z nomiga yozilgan maktubni ko‘rib, hayratining cheki bo‘lmabdi.
Bu orada savdogar uyiga qaytadigan kemaga o‘tirib, vataniga kelgan zahotiyoq oyog‘i yerga tegmasdan qarz bergan odamning uyiga o‘qdek uchib boribdi:
— Xudo shohid, — shoshib-pishib tushuntira boshlabdi u, — qasam ichib aytamanki qanday qilib bo‘lsa ham omonatni o‘z vaqtida qaytarishga harakat qildim. Kema qidirib topa olmadim. Birinchi uchragan kemaga o‘tirib, hozirgina kelib turibman, mana sendan qarzga deb olgan 1000 dinor pul, omonatingni olib qo‘y.
U esa pulni bir chetga surib, savdogardan so‘rabdi:
— Sen menga nimadir jo‘natmaganmiding?
— Axir aytib turibman-ku, bugungi kelgan kemadan boshqa kema topa olmadim deb.
Pul bergan odam kulib debdi:
— Alloh sen tarafdan kafil bo‘lib yog‘ochning ichiga solib jo‘natgan omonatingni menga yetkazdi. Bu pulni o‘zingga olib qo‘ygin va haq yo‘lida doimo shunday yurgin.
Manba: Sahih al-Buxoriy, 3-juz’, 488-bet. Ayat Jamilah: Beautiful Signs. Pages 134-136.
Ingliz tilidan Sherzod Tog‘ayev tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.