background
logotype
image1 image2 image3

Daqiqa qadri

BIR LAHZANING QADRI

Imomi A’zam r.a.ning shogirdlari, buyuk Faqih Abu Yusuf o’lim to’shagida ham shogirdlarini chaqirib, biron ilmiy masalani suhbat qilib turaylik, degan ekanlar.

Shunda shogirdlaridan biri: “Hazrat, hozir masala tortishadigan vaqtmas-ku, o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lsangiz” – desa, shunday javob bergan ekanlar: “Alloh menga bergan 1 lahza qolsa ham o’sha bilan bir musulmonga xizmat qilib qolsam deyman. Shu lahzani qo’ldan boy berib qo’ymay…”

Buyuk hofiz, muhaddis Ibn Rajab r.a. aytadilar: “O’z qo’lim bilan 2000 ta kitob yozganman”. Hatto kuniga 9 ta kitob yozgan paytlari ham bo’lgan ekan.

Amr Xolid aytadi:

“Bular qandayin zotlar edi! Vaqtining qadrini bilgan mana shunday zotlar sababli ummat 1300 yil turdi. Oxirgi 100 yilning ummatlari nima bo’ldi? Bu zamon ummatining dardu g’ami uy qurish bo’ldi…”

ENG KO’P KITOB YOZGAN OLIM

Ibn Aqiyl rahmatullohi alayhning birgina “Funun” degan kitoblari 800 mujallad bo’lgan ekan. Odam alayhissalomdan keyin kelgan odamlardan hech biri bunchalik ko’p kitob yozolmagan.

Ibn Aqiyl aytgan ekanlar:

“Hozir yoshim 80 da. Lekin haliyam kitob yozishga himmatim bor. Men sizlar ovqatlangandek ovqatlanmayman. Balki, vaqtimni qizg’onaman. Qattiq nonni suvga solib qo’yib, kitob yozayotgan joyimda yeyaveraman. Astoydil o’tirib yeyishga esa vaqtim yo’q.”

Amr Xolid aytadi:

“Ummati Muhammadiyaning hozirda qoim bo’lishi mana shunday vaqtning qadriga yetadiganlar sababidandir. Agar din bizga o’xshaganlarga qolganda xor bo’lgan bo’lardi.

Umr yashab o’tilgan yillar bilan emas, qilingan ezgu ishlar bilan o’lchanadi…” 

ARSH LARZAGA TUSHDI 

Sa’d ibn Muoz r.a. 30 yoshda musulmon bo’ldilar. U zot 37 yoshda vafot qilganlarida Rasululloh s.a.v.: “Allohning Arshi Sa’dning o’limidan larzaga tushdi” degan ekanlar. Marhumning tobutini ko’tarib ketayotgan bir sahoba: “Nega uning tobuti juda yengil?” – deb so’raganda, Rasululloh s.a.v.: “Uni farishtalar ko’tarib ketyapti” – degan ekanlar.

Alloh sizdan rozi bo’lsin, ey Sa’d, siz 7 yillik musulmonlik umringizda vaqtdan unumli foydalanaib, oily martabalarga erishdingiz. 

Hazrat Usoma ibn Zaydni Rasululloh s.a.v. katta qo’shinga amir qilganlarida yoshi 16 da edi. Vaholanki, bu qo’shinda Abu Bakr siddiq, Umardek (r.a.) zotlar bo’lgan. Demak, Usoma r.a. shu yoshigacha vaqtini g’animat bilan Rasululloh s.a.v.ning e’tiborlarini qozongan ekan. 

Muhammad Fotih (Fatih Mehmet) Istambulni kofirlar qo’lidan olganida yoshi 23 da edi. 

TAOMINI UNUTGAN IMOM

 Imom Navaviy 500 ta kitob yozganlar. 40 yoshda vafot etganlar. Ilmni deb uylanolmaganlar. Shu zot aytgan ekanlar: “Allohga qasamki, yiqilib tushmagunimcha ovqatlanmayman va uxlamayman. Chunki vaqtni qizg’onaman”. Onalari ovqatni olib kelarkanlar-da, hazrat kitob o’qiyverarkanlar, onalari og’izlariga tiqib-tiqib ketaverarkan. Bomdodga azon chaqirilib, hazrat onalariga: “Onajon, ovqatni olib keldingizmi?” desalar, onalari: “Uni kechqurun yedirib qo’ydim-ku” – derkanlar.

 
UYQUGA ZOR XALIFA

Umri davomida to’yib uxlamagan Hazrati Umarning gaplarini eshiting:

“Qachon uxlay ekan. Kechqurun uxlasam Parvardigorning haqini zoye qilaman, kunduzi uxlasam bandalarning haqini zoye qilib qo’yaman-ku”. 

Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.