Buyuk fath avvalidagi sinov
Fotih Sulton Mehmet Konstantinopol (Istanbul)ni fath etish rejalarini tuzardi. Hali 21 yoshda bo‘lgan navqiron sulton Istanbul fathiga kirishishdan oldin o‘z xalqini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Tongning ilk soatlarida qiyofasini o‘zgartirib, o‘sha vaqtlardagi Usmoniylar saltanatining bosh shahri bo‘lgan Edirnedagi bozorga bordi. Bozorning bir tarafidan kirib xarid qilishga kirishdi.
Birinchi do‘konga kirib, bir narsa xarid qildi. Ikkinchi narsani olmoqchi bo‘lganida sotuvchi ko‘nmadi. Sulton ham o‘z o‘rnida mol bo‘la turib nima sababdan bermayotgani haqida so‘radi. Sotuvchi: “Men senga bu narsani sotib bay’ ochdim, ikkinchi oladigan narsangni qarshimdagi do‘kondan ol, chunki u hali savdo qilgani yo‘q”, deb javob qaytardi.
Fotih bu holdan mamnun bo‘lgancha ikkinchi do‘konga kirdi. U yerdan bir mol olgach, ikkinchisini so‘rasa, u ham bermay qo‘shni do‘konga yubordi. Shu yo‘sinda sulton Mehmet butun bozorni kezib chiqdi va har kirgan do‘konida avvalgidek muomalaga guvoh bo‘ldi. Olgan narsalarini madrasadagi tolibi ilmlarga yubordi.
Sulton saroyga qaytarkan, Allohga shukur sajdasi qilib, bunday dedi: “Ey Robbim, senga hamdlar bo‘lsin. Menga shunday bir-birini o‘ylaydigan millat ehson etding. Men bu millat bilan nafaqat Vizantiyani, balki dunyoni fath etaman”, dedi va Konstantinopolni fath etish rejalarini tuzishga kirishdi.
51 kun davom etgan qamal bilan Vizantiya taslim bo‘ldi. Istanbul fath etilganidan so‘ng poytaxt Edirnadan Istanbulga ko‘chirildi.
Turkchadan Islom Abdulmajid tarjimasi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Ro‘za kitobi
- Tahorat kitobi
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.