background
logotype
image1 image2 image3

Yigʻlab turib, tabassum qiling — chiroyli koʻrinadi

Gohida inson ketgan kishilarni sog‘inib yig‘laydi. Lekin bir inson o‘zidan keyin keladiganlarni sog‘inib yig‘lagandir. Yo Alloh! U zotga salovot va salom yubor!

* * *

Sen ular kutganlaridan-da rostgo‘y bo‘lsang-u, ular sen kutganingdan-da yolg‘onchi bo‘lsalar alam qilarkan.

* * *

Ayolning shaxsiyati, u ko‘p ilmli, tarbiyali bo‘lganda va ko‘p ozor chekkanda o‘zgaradi.

* * *

Ba’zi odamlar bunday bo‘lishadi: Agar sen ulardan afzalroq bo‘lsang, senga hasad qilishadi. Agar sen ulardan quyiroq bo‘lsang, senga mutakabbirlik qilishadi.

* * *

Qo‘ylar umrini bo‘ridan qo‘rqib o‘tkazadi. Oxirida qo‘ylarni yeyuvchi cho‘ponning o‘zi bo‘ladi.

* * *

Bu zamonda “ehtirom” so‘zi to‘g‘ri tushunilmayapti. Ba’zilar uni “zaiflik” deb sharhlashyapti. Ba’zilar uni “foyda, manfaat” deb o‘ylashyapti.

* * *

Har bir narsa o‘zgarishi mumkin. Ammo his-tuyg‘ularida sodiq bo‘lganlar (ya’ni his-tuyg‘ulari chin bo‘lganlar) bundan mustasno. Ular hech qachon o‘zgarmaydilar.

* * *

Agar hayot qiyin bo‘lmaganida onamizning qornidan yig‘lab chiqmagan bo‘lardik.

* * *

Inson yig‘lab turgan holida tabassum qilsa, chiroyli ko‘rinadi. O‘zi kuladi-da, ko‘z yoshlari yuzidan oqib tushadi.

* * *

Agar senda kuchli zehn va achchiq xotiralar bo‘lsa, sen yer yuzidagi baxtsiz insonlardan biri ekansan.

* * *

Har bir tanigan narsang haqida gapirishing shartmas. Lekin har bir gapirayotgan narsangni bilishing, tanishing shart.

* * *

Quduqqa tuflama! Ehtimol bir kun kelib o‘zing ham o‘sha quduqdan suv icharsan.

* * *

Olma yerga tushganda, hamma “Olma yerga tushdi” dedi. Faqat bir kishi “Nega tushdi?” dedi.

* * *

Do‘st uchun qurbon bo‘lish qiyin ish emas. Lekin qurbon bo‘lishga loyiq do‘st topishing qiyin.

“Rovai’ul fikr” sahifasidan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.