background
logotype
image1 image2 image3

Xotima

   “Yigirma yoshli qiz avtomobil halokati tufayli kasalxonada vafot etdi. Vafotidan biroz avval yaqinlarining “ahvoling qanday?” degan savoliga “Allohga hamd bo’lsin, yaxshi!”, deb javob berib turgan edi. Biroq oz vaqt ichida dunyodan ko’z yumdi. Marhumani maxsus yuvish xonasiga olib kelishdi. Biz uni yuva boshladik. U go’yo shirin uyquda-yu, hozir uyg’onadigandek yuzi tabassumdan yonar, badanida jarohat, siniq yoki qon asoratlari ko’rinmasdi.
    Shu vaqt g’aroyib hodisa ro’y berdi. Biz yuvish asnosida marhumani ko’targan edik, burnidan oq modda sizib chiqdi va xona xushbo’y mushk hidi bilan to’ldi. Subhonalloh! Bu chindan ham mushk hidi edi…
    Takbirlar aytib, Allohni zikr qildik. Yaqinlaridan marhumaning hayotlik vaqtida qanday bo’lgani haqida so’radim.
    “Voyaga etgandan buyon namozni kanda qilmagan, o’n uch yoshga to’lgandan buyon dushanba, payshanba kunlari nafl ro’za tutishni odat qilgan edi. O’limidan oldin Alloh yo’lida o’liklarni yuvib tayyorlash bilan shug’ullanmoqchi edi… Biroq birovlarni yuvishdan oldin o’zi yuvildi… Muallimlari, dugonalari uning taqvosi, go’zal hulqi va muomalasi haqida to’lqinlanib gapirishardi. Mana endi vafotidan keyin eslashadigan bo’ldi”, deya so’zini yakunladi Ummu Ahmad.
    Yomon xotima topgan boshqa qiz haqida hikoya qilib so’zida davom etadi: “O’n etti yoshli bir qizning jasadini yuvish uchun keltirishdi. Singillarimiz yuvishga kirishdilar. Yuvishni boshlaganlarida tanasi oq edi. Asta – sekin qoraya boshladi.
    Uning holi qanday kechgani bizga qorong’u. Yaqinlaridan u haqida so’rolmadik, chunki biz ko’rgan narsa ularni qo’rqitishi mumkin. Shuningdek, uning bu holini yashirishimiz ham kerak”.
    Allohdan salomatlik va ofiyat so’raymiz!

                    Abu Abdurahmon tayyorladi
                “Musulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.