background
logotype
image1 image2 image3

Toʻgʻri ish qilgan paytingda xato qilganni kechir!

Vijdon – jim turib, “U Zot seni ko‘rib turibdi” deb xabar beruvchi ovozdir.

* * *

Hayot toshlardan iboratdir. Sen u toshlarga qoqilma. Balki ularni to‘plab, bir narvon qur va o‘sha narvon orqali najot sari ko‘taril.

* * *

Agar seni million kishi yaxshi ko‘rsa, men ham ular bilan birgaman. Agar seni bir kishi yaxshi ko‘rsa, o‘sha bir kishi menman. Agar seni hech kim yaxshi ko‘rmasa, bilki, men o‘lganman.

* * *

Sadoqat soyabonga o‘xshaydi. Yomg‘ir va issiq kuchaygani sari unga bo‘lgan ehtiyojing ortadi.

* * *

Hamma narsa kichik holda boshlanib, keyin kattalashadi. Ammo musibat unday emas. U katta holda boshlanib, keyin kichrayadi.

* * *

Hamma narsa ko‘paysa, arzonlashadi. Ammo odob unday emas. U ko‘paygani sari qimmatlashadi.

* * *

Yiqilishimiz or emas. Yiqilgan joyimizdan tura olmasligimiz ordir.

* * *

Orzusiz inson suvsiz o‘simlikka o‘xshaydi. Tabassumsiz inson hidsiz atirgulga o‘xshaydi. Muhabbatsiz inson daraxtlari yonib ketgan o‘rmonga o‘xshaydi.

* * *

Bir toshga ikki marta qoqilish uyatlidir.

* * *

Dengizning go‘zalligi uning sho‘r suvini tatib ko‘rganingda ketganidek, qabohatlar manfaatlar tugaganda zohir bo‘ladi.

* * *

Barcha holatlarda insonlar bilan aloqalarni tashkil etish foydalidir. Chunki, u aloqalar seni yo eng yoqimli vaziyatlarga ro‘baro‘ qiladi yoki senga yolg‘izlikning ko‘plab foydalari va afzalliklari borligini o‘rgatadi.

* * *

Birorta shaxs seni tashlab ketsa, xafa bo‘lma! Zero, u senga atrofingdagilarning qaysi biri afzal ekanini bilishing uchun yo‘lni bo‘shatib beryapti.

* * *

Sabrni o‘rgan! Chunki, har kunimiz yoqimli, ishlarimiz doim biz orzu qilgandek bo‘lavermaydi.

* * *

Yoshlik chog‘ingda keksalarni hurmat qil! Kuchli bo‘lgan paytingda zaifga yordam ber! To‘g‘ri ish qilgan paytingda xato qilganni kechir! Chunki, bir kun kelib sen ham keksayishing, zaif bo‘lishing, xato qilishing bor.

“Rovai’ul fikr” sahifasidan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.