background
logotype
image1 image2 image3

Tilanchi qiz

Kichkinagina qizcha yo’l bo’yida o’tirib pul so’rardi. Ustidagi kiyimlari yirtiq – yamoq, yuz – qo’llari kir.
    U odamlarga yolborib, qo’l cho’zarkan, yonginasidan yosh, boy, go’zal ko’rinishli kishi o’tdi. Kishi qizchaga bir qiyo boqdi-yu, e’tiborsiz yo’lida davom etdi.    Uni hashamatli uyida xotini va bolalari, kechki ovqat va xotirjam hayot kutardi.
    Ovqatdan so’ng birdan uning hayoliga o’sha tilanchi qiz keldi. Negadur, unga rahmi kela boshladi, ko’rinishini ko’z oldiga keltirdiyu, ich – ichidan achindi. Shu tuyg’ular og’ushida Allohga yuzlandi: “Nega bunday ishlar bo’lishiga izn berasan. Nega shu kichkinagina qizga yordam berish uchun hech narsa qilmaysan?” Ana shunday o’kinch so’zlarni ayta – ayta uyquga ketdi. Ko’zlari ilinar – ilinmas, tushida haybatli bir ovozdan uyg’onib ketdi: “Aynan shuning uchun ham seni yaratdim!”.
                    

Madina Zaripova tayyorladi 
                    “Musulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.