Savat toza bo‘ldi
Keksa otaxon nabirasi bilan g‘arbiy Kentukkining tog‘li hududlarida, daryo bo‘yida yashardi. Nabira har tong bobosining kitob o‘qib o‘tirganini ko‘rar va sekin yoniga borib, cho‘kkalab o‘tirar, quloq solar edi. Asta-asta o‘zi ham o‘qishni o‘rgandi. Bir kuni u:
— Bobo, men ham sizdek o‘qiyman, ammo ma’nosini tushunmayman. O‘qigan joylarim tezda yodimdan chiqib ketadi. Bunday o‘qishdan nima foyda? — deb so‘radi
Bobo savatdagi ko‘mirni pechga solib, nabirasini yoniga chaqirdi:
— Mana bu savatni ol-da, daryoga borib, bir savat suv keltir, — dedi.
Nabira bobosi aytganidek qildi, ammo uyga qaytgunicha hamma suv savatdan oqib ketdi. Bobosi kulib:
— Keyingi safar tezroq yurishingga to‘g‘ri keladi, — dedi va yana daryoga yubordi.
Bola daryodan suvni oliboq, uyga yugurdi, lekin bu safar ham hamma suv oqib ketdi. Bola hansirab kelib, savatda suv olib kelish imkonsizligini aytdi va qo‘liga chelak oldi. Shunda bobosi:
— Menga chelak bilan emas, shu savat bilan suv keltir, sen yetarlicha harakat qilmayapsan, — dedi. Bola savatda suv keltirib bo‘lmasligini, qancha urinmasin, suv savatdan oqib ketaverishini bobosiga ko‘rsatgisi keldi. Yana savatni daryoga tashladi va uni olib, bor kuchi bilan yugurdi. Bobosining oldiga kelganida savatda bir tomchi ham suv qolmagan edi. Bolakay hansiraganicha:
— Bobo, savatda suv keltirib bo‘lmaydi! — dedi.
— Harakatim behuda ketdi, deb o‘yladingmi, bolam, savatga bir qaragin, — dedi bobo nabirasiga.
Bola savatga qaradi va ko‘mir solinadigan qop-qora, kir va eski savatning ichi va tashi toza bo‘lib qolganini ko‘rdi. Shunda bobosi unga:
— Bolajonim, sen kitob o‘qiganingda ham shunday hol yuz beradi. Sen hech narsa tushunmasliging yoki eslab qololmasliging mumkin, lekin uni o‘qiganingda ichki, tashqi tomondan o‘zgarasan, tozalanasan, — dedi jilmayib.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.