Musibatga sabr
Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani “Taborak” surasini o’qib emizishni buyurdi.
Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda “Alloh, Alloh, o’zing shifo ber” deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: “Bu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin”, derdi.
Kasallik brogan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos.
Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan “La ilaha illalloh” deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: “Bergan sutimga roziman, bolam!” deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim.
Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: “Allohim, menga sabr ato et!” O’ksik qalbimga birgina narsa malham bo’la olardi.: “O’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. “Sabr qiling”, der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!”
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.