background
logotype
image1 image2 image3

Ka’baga bir odim

Juma kuni edi. Yomg’ir savalab turibdi. Masjid xonaqohi bilan ayvoni qavmga tirband to’la, odamlar asta-sekin hovliga tosh boshladi. Yer esa, shilta. Shunday holda mav’iza tinglandi, shunday holda sunnat o’qildi, hutba tinglandi. Lekin imom baribir imom-da, qavmning yomg’irda shalabbo bo’layotganidan qayg’uda edi. Xutbani tugatar tugatmas, xonaqoh bilan ayvondagilarga murojaat qildi:
-    Birodarlar, bir saf-bir saf oldinroqqa jilinglar, tashqarida qolganlar panaga kirib olishsin.
Olamon sal-pal siljigan bo’ldi, ammo aksaran qimir etmadi. Imom gapini yana takrorladi. Yana ko’plar o’tirgan bo’yi o’tiraverdi. Imom bus afar mo’minning jon joyidan ushladi:
-    Birodarlar, sal-pal Ka’baga yaqinroq kelinglar axir…-dedi.
Olomon gur-r-r etib oldinga siljidi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.