background
logotype
image1 image2 image3

Jum'a tongida

Bir yigit shunday hikoya qiladi: “Juma tongida onajonimning: “Bugun muborak kun, vaqtli turib ibodatingni qilgin,” degan ovozidan uyg’onib ketdim. O’rnimdan turarkanman, ko’rgan tushimni esalshga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman. Birdan ro’paramda ikki yo’l chiqdi. O’ng tomondagi yo’ldan shundayin bir nur taralardiki, hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg’otib yubordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo’nadim. “Yaxshi borib kel o’glim! Doimo Allohni yod et. Hech esingdan chiqazmaginki, doimo u Zot sening madadkoring bo’ladi”, deya fotiha berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor aka juda jiddiy, salobatli kishi. Birinchi ko’rganimda u kishini oldilarida ozgina dovdiradim ham. G’alati odam ekan, birovni xafa qilmaydi, maqtamaydi ham. Nima demoqchi ekanini ko’z qarashidan bilaman. Yo’lda ketar ekanmiz, Baxtiyor aka peshin payti uchrashuvi borligini tayinladi. “Xo’p” deyishimga qaramay, meni “Bugun juma, xo’jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman, endi nima qildim?”, degan o’y qiynay boshladi.
Belgilangan uchrashuvga boorish uchun ketayotganimizda oldimda turgan manzarani ko’rib, hayratdan yoqa ushladim: “Axir bu tushimdagi yo’llar-ku! O’ng tomondagisida masjid, to’grida keti ko’rinmas yo’l…”. odamlar masjid tomon oqib ketayotir. “Allohim menga madad ber! Nima qilay, moshinani masjid tomon buraymi, yoki xo’jayinni manziliga olib boraymi?!” “Yo Parvardigorim, O’zing meni qo’lla”, deya moshinani masjid tomon burdim. Baxtiyor aka xayron bo’lib: “Qayoqqa yurding, to’g’riga ketishimiz kerak-ku?”, dedi. Men: “Baxtiyor aka, bugun juma, shundoq juma namozini o’qib chiqay”, deganimni bilaman u kishining rangi o’zgarib ketdi: “Jinni bo’lganmisan, soat birda muhim uchrashuvim bor”. Bor kuchimni to’plab: “Baxtiyor aka, mana kalit, men jumaga kech qolamay”, degancha masjid tomon yugurdim. Yelkamdan tog’ ag’darilganday yengil bo’ldim, ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga qo’shildim. Ko’zlarim hech narsani ko’rmas, quloqlarim eshitmas edi. Xuddi Rabbimning qarshisida yolg’iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berish qiyin.
Namozdan keyin ko’zlarimda yosh bilan duo qildim: “Ey, Allohim, meni hech qachon ikki yo’l orasida qoldirma, O’zing to’g’ri yo’ldan adashtirma! O’zingdan boshqaga muhtoj qilma!”
Duodan keyin o’zimga kelib, sal narida o’tirgan kishiga ko’zim tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish edi. Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko’z bilan qarayki, u boshlig’im Baxtiyor aka edi. Juma ayyomi bilan qutlab, meni quchog’iga oldi…”

Musulmonlar taqvim kitobi 2006 (hijriy 1427) IV chorak

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.