background
logotype
image1 image2 image3

Istirjo’ xosiyati (Bo’lgan boqea)

Ish bilan ketayotgan edik. Bir kishi mashinaga qo’l ko’tardi. Aftidan shoshilayotganga o’xshardi. Yo’lim bo’lsa, ola ketarman, degan hayolda toxtadi. Yo’lovchi mashinaga xiqa solib, o’zi melisada ishlashini, bir qariyani kimdiro’ldirib ketgani va shu ishni qizig’ida hal qilishi lozimligini aytib, tezroq yurishga qistadi. Yo’l-yo’lakay formada yurishni yoqtirmasligini, shuni deb boshliqlardan gap eshitayotganini ham so’zlab berdi.
Bir magazin oldiga kelganda to’xtatib: “Qancha pulingiz bor, hamamsini berib turing, boyagi ishga aloqali bir sabab bilan hali shu erdan pul olib turuvdim, uyga borib olib beraman”, dedi. Anchagina pulni olib, magazinga kirib chiqdi. “Qarz bo’lib yurishni yoqtirmayman, mashinani uyga haydang”, deya ortga qaytishga buyurdi. Bir uy oldida toxtatib, ichkariga kirib ketdi.
U ko’chada ancha kutib qoldi. Orada shomni ham o’qib oldi. Haligi odamdan darak bo’lavermadi. Oxiri u kirib ketgan uy yo’lagiga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, yo’lakning u tomonidan ham eshik bor edi.
Nahot aldangan bo’lsa? Bozor-o’charga deb ajratgan pulini allaqanday notanish yo’lovchining qo’liga tutqazib qo’ysa-ya?
Afsuslanib o’tirib, birdan Rasulullohning (s.a.v.): “Poyafzalingizning bog’ichini yo’qotsangiz ham, istirjo’ (Inna lillahi va inna ilayhi roji’un) ayting”, degan muborak so’zlarini esladi. Esladi-yu chin dildan “istirjo’” ni takrorladi. Qalbida qandaydir taskin va halovat paydo bo’ldi.
Shu halovat og’ushida ishini bitkazib qaytayotgan edi, kimdir qo’l kotardi. Beixtiyor mashinasini toxtatdi. U kishi mashinaga chiqa solib: “Melisada ishlayman, bir qariyani…”, deya gap boshladiyu birdan baqrayib qoldi…

Mubashshir Ahmad

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.