background
logotype
image1 image2 image3

Haromdan ham harom

“Bundan bir necha yillar muqaddam bog’ hovlimizning etagida Ibrohim qori amaki yashardi. U kishi zamonasining mashhur ulamolaridan edi. Adamlarning aytishlaricha, Buhoro madrasalaridan birini bitirgan va ko’p muddat mudarrislik ham qilgan ekan. Qori amakining bog’larida katta hovuz bo’lib, uning labida uch-to’rt kishining quchog’i yetmaydigan qari, sersoya tut daraxti bo’lardi. Amaki tut soyasida sholcha ustidagi ko’rpachada Qur’on tilovat qilar yoki kitob ko’rib o’tirar edi. Soqoli ko’ksiga tushar, oppoq liboslari mo’ysafidni farishtali qilib ko’rsatar edi. Biz bolalar devor orqasida kuzatishni yaxshi ko’rara edik. Har xil savollarning yechimini so’rab kelib-ketuvchilar ko’p edi.
Birda mahallaning ikki sho’x yigiti qori amakidan cho’chib, “san kir- san kir” lab kelib qolishibdi. Amaki, nima gap, deb nazar solibdi.
-    Qori aka, uzr, ming bor uzr. Uyat bo’lsa ham, bir narsani so’ragani kelgan edik, - deb gap boshlashibdi yigitlar.
-    Xosh nima gap ekan?
-    Shu desangiz, shu desangiz, ichadigan anu-vi…arog’imiz hojatxonaga tushib ketgan edi, amallab tortib oldik. Endi shuni ichsa bo’ladimi, yoqmi?
Ibrohim qori amaki o’rinlaridan turib ketdilar.
-    Ho’, yaramaslar, nima uning qopqogi yoqmidi?
-    Bor edi, taqsir, hali uni ochmagan edik.
-    Hojatxonaga to’kilmadimi?
-    Yoq, taqsir, ha, aniq to’kilmadi!
-    Xayriyat-e, buningdan bir tomchisi to’kilsa, hojatxonani harom qilardi va uni ko’mib tashlashga to’g’ri kelardi, - deb ularni haydab yubordilar Ibrohim amaki”.

Omonulloh Mutal.
Musulmonlar Taqvim kitobi. 2000 yil

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.