background
logotype
image1 image2 image3

Go’rkov “haqi”

(Hamqishlog’imning aytganlari)

Yarim kechasi yetmish yashar qariya jon taslim qildi. Qo’shnim meni birga go’r kavlashga borishga taklif qildi: “Oz-moz haq ham berishadi, qolaversa, savob tomoni ham bor”. Qishloqda go’r kavlagani asosan 3-4 kishi boradi. Hayotimda ilk bor bu ishga rozilik berdim. Bahor oylari emasmi, kechalari salqin. Buning ustiga ayni go’rni kavlay boshlaganimizda yomg’ir ham quyib berdi. Yomg’ir yog’ib turganida ishlash tugul yurishni tasavvur qilib ko’ring. Xullas, ishimiz unamayotgan bir mahalda marhum cholning farzandlaridan biri kelib qoldi. Ahvolimizga qarab, qo’ynidan bir shisha aroqni chiqarib, go’rkovga uzatdi: “Ichlaringiz qizishadi, dadillashasizlar”, deya gazagi bilan tashlab ketdi. Haqiqatdan ham “yurishdi”. Lahadni belgilangan vaqtga tayyorlab ulgurdik. Qorong’u tun qo’ynida go’r kavlshdan ham ko’proq go’rkov “haqi” dan dahshatga tushdim…

Sherali Muhammadrahim o’g’li 
(Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.