background
logotype
image1 image2 image3

Bir sunnatning ming foydasi

Shvetsiyaning The Local.se nashri xabariga ko‘ra, mamlakatda erkaklar uchun jamoat joylari va hojatxonalarida turib siyishni taqiqlaydigan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi mualliflariga ko‘ra, ular gigiena nuqtai nazaridan shunday xulosaga kelishgan. Umumiy hojatxonalarda turib siyish oqibatida hojatxona hududi siydik bilan to‘lib, turli noxushliklarni keltirib chiqaradi. O‘tirib hojat chiqarilganda esa, bunday holat kelib chiqmaydi.

Ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlayotgan Shvetsiya parlamentidagi So‘llar partiyasi fraktsiyasining ma’lum qilishicha, maxsus o‘tkazilgan tadqiqot tibbiy xulosalariga ko‘ra, o‘tirib siyganda prostatit, siydik yo‘llari kasalliklarining oldi olinadi, erkakning jinsiy faolligi mustahkamlanadi. Tik turib siyish erkakning jinsiy sog‘ligiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. «Shuningdek, biz odamlarga pokiza hojatxonalardan foydalanishga imkoniyat yaratamiz», — deydi partiya vakili.    

Bundan 14 asr ilgari payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam ham erkaklarga o‘tirib siyishni ta’lim bergan edilar. Oisha roziyallohu anho: «Sizlarga kim: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tik turib siygan edilar, desa ishonmanglar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘tiribgina siygan edilar» deb aytgan edilar (Imom Ahmad 1/192, Termiziy 1/27, ibn Moja 307). Ushbu hadis roviysi Termiziy rahimahulloh: «Bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng sahihi shu hadisdir. Chunki bunday qilish avratni to‘suvchiroq va peshobning sachrashidan himoya qiluvchiroqdir» – deganlar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.