background
logotype
image1 image2 image3

Bir kunlik yumush

Xonadon egasi uyga kelganda har kuni kutib oladigan xonadon bekasidan darak yoq edi. Hayron bo’lib ichkariga kirdi, uy ichidagi holatni ko’rib ta’bi xiralashdi; hamma narsalar har yerda sochilib yotar, o’rin yig’ishtirilmagan, ertalab shoshilinchda yechilgan kiyimlar qanday bo’lsa shundayligicha turardi. 
Xonadon egasi shaxt bilan oshxonaga kirdi. Lekin bu yerdagi holat o’t ustiga sepilgan moydek uni battar jahlini chiqarib yubordi. Stol ustida nonushtadan so’ng bo’shagan idishlar qalashib yotar, har kuni unga muntazir turadigan mazali taomdan asar ham yoq edi. Sabr kosasi to’lgan xonadon egasi g’azab otiga minib, xonadon bekasini izlay boshladi va… uyning old ayvonida bemalol kitob o’qib o’tirgan holatda topdi.
-    Ha, nima bo’ldi? Tinchlikmi yoki mazang yoqmi? – jahl bilan so’radi.
-    Hammasi joyida, nuqul kun bo’yi uyda o’tirib uyda nima qilasan, deb ta’na qilar edingiz. Man bugun hech bir ish qilmay, bir kunlik yumushim nimalardan iboratligini ko’rishingizni xohladim, - deb javob berdi xonadon bekasi.

Musulmonlar taqvim kitobi 2004 (hijriy 1425) IV chorak

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.