Allohning mo’jizasi
- Iltimos menga mo’jiza degan doringizdan bir dona berib yuboring, - kichkinagina qizchaning bu so’zlari dori sotuvchi ayolni taajjibga soldi.
- Qanaqa dorini aytyapsan? – so’radi u.
- Ukam og’ir yotibdi. Onam esa uni faqat Allohning mo’jizasi qutqara oladi deyaptilar. Dadamda esa, bu dorini sotib olish uchun pul yo’q. O’zimni ozgina yiqqanim bor edi. Iltimos, bir dona bo’lsa ham ana shu doringizdan bering!
- Qizaloq, aytyapman-ku bunday dori yo’q, sotilmaydi.
- Iltimos, pulini to’layman, etmasa ertaga keltirib beraman. Bir dona bo’lsa ham “Allohni mo’jizasi” dan bera qoling!
Shu payt eshikdan yaxshi kiyingan, ko’zaynakli haridor kirib keldi. U qizchaning so’nggi so’zlarini eshitishga ulgurgan edi.
- Qizalog’im, qanday mo’jizani aytyapsan? – deya so’radi u.
- Bilmadim. Menga shunday deb atalgan dori judayam kerak. Ukam operatsiya stolida, ammo otam kerakli pulni topib bera olmayaptilar. Ularning aytishicha, “Allohning mo’jizasi” gina ukajonimni asrab qolar ekan. Narxi qimmat bo’lganida ham uni sotib olardim, dedi qizaloq ko’zlaridagi yoshni artib.
- Xo’sh, yoningda qancha puling bor? – deb so’radi haligi kishi.
- O’n yarim rupiya!
- Meni ukangni yoniga olib bora olasanmi? Unga qanday mo’jiza kerakligini bilmoqchi edim.
Bu kishi Erondagi mashhur doctor Ashrafiy edi. U bolani ko’rdi-da, operatsiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun buyruq berdi. Operatsiya ham muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bola ko’zini ochib, muloyim jilmaydi. Ona esa yum – yum yig’lab shunday dedi:
- Rahmat doctor. Siz tufayli bolam tirik qoldi.
- Kechirsiz, - shifokor so’zida davom etdi. Bu mening ishim emas. Men uni qutqarganim yo’q. Bu jajji qizaloqning iltijosi asosida Allohning inoyati, Uning mo’jizasi.
- Pulni qanday to’laymiz? Narxi qancha bo’ladi?
Jarroh jilmaydi.
- Hech qancha. Xavotir olmang puli tolangan. Bu mening hayotimdagi eng qimmatli operatsiya.
Onaning ko’z yoshlari ila otilib chiqqan so’zlari shu bo’ldi:
- Rahmat sizga! Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman.
Bu paytda ona operatsiyaning narxi atigi o’n yarim rupiyaga baholanganidan bexabar edi. Alloh esa O’z mo’jizasini yana bir karra isbotlash uchun shifokorni vosita qilgan edi.
“Irfon taqvimi” 2007/ 1428 (II)
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.