background
logotype
image1 image2 image3

Barakotli kun

Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi:
“Hazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan:
— Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi.
Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi.
— Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Fotima ichkari kirdi va:
— Yo Rasulalloh, farishtalarning oziHi: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning oziHimiz nima? — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar.
Shunda Fotima, roziyallohu anho:
— Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi. 
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— “Ey ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim”, degin, — dedilar.
Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi.
— Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu.
— Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim.
Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan Hoyat ta’sirlanib: 
— Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.