background
logotype
image1 image2 image3

Badaviyning himmati

Qahatchilik bo‘lib, hamma joyda suv qurib ketgan paytda bir badaviy qishlog‘idagi aynib, rangi ham o‘zgarib ketgan hovuzdagi suvdan olib, Bag‘dod xalifasiga sovg‘a qilib olib borgani yo‘lga tushibdi. Saroy darbonlariga xalifaga buyuk sovg‘a olib kelayotganini aytib, ruxsat so‘rabdi. Ichkariga kirib, podshoh bilan suhbatlashar ekan, xalifa so‘rabdi:
— Menga nima sovg‘a olib kelding?
— Jannatning suvini olib keldim. (Badaviy suvning o‘z qishlog‘idagi hovuzdagina borligiga ishonardi.)
Xalifa badaviyning o‘z qishlog‘idan boshqa yerlarni ko‘rmagani uchun, shu suvni jannat suvi deb o‘ylarkan-da deb fikr qilib, xazinabonga suv olib kelgan xumini oltinlar bilan to‘ldirib berishini aytibdi va:
— Ketishida uni Dajla daryosi bo‘yidan olib o‘ting, — debdi.

Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.