Asir sichqoncha va bandaning rizqi
Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
“Xattotlik bilan shug‘ullanib turardim. Ustozimga “Sahihi Buxoriy”ni ko‘chirib tursam, xonadondagilar bugun yeyishga ham hech narsa qolmaganini aytishdi. Mening ham qo‘limda hech nima yo‘q. Bugun endi sabr qilasizlar, ertaga Alloh bir yo‘lga boshlar, deb ma’yuslanib, yoza boshladim. Bir mahal kovakdan kichkina sichqon chiqib, kitobimning ustida uyoqdan buyoqqa o‘taverdi. Mening ko‘nglimni hadeb parishon qilavergach, kosani olib, sichqonchaning ustiga to‘nkarib qo‘ydim. Bir payt bolasini qidirganday ona sichqon chiqib, kosa atrofini iskay boshladi. Kosa ostidan “chi-chi”lagan ovoz eshitildi, go‘yoki ona-bola tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketib, keyin bir misqollik oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo‘ydi. Kosaning oldida aylanib, “chi-chi”lab turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman. Sichqon tashigan oltinlar 14 taga yetdi. So‘ng “endi oltin tamom bo‘ldi, mana hamyoni” deganday charm katmonni sudrab chiqdi. Bildimki, uning bisotida hech narsa qolmabdi. Kosani ko‘tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi.
Mana shu sichqonlar bilan-da, mening rizqimni Alloh yetkazgan edi…”
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.