background
logotype
image1 image2 image3

Alloh xohlagan joyda

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
“Bir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: “Jannatning kengligi osmonlar va yer barobarida...” (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan: 
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.