background
logotype
image1 image2 image3

Ushrni qancha va kimga berishim kerak?

Savol: Dehqonchilik qilaman, ammo ushr berilishi haqida hozirgacha bilmagan ekanman. Ushrni qancha va kimga berishim kerak?

Javob: «Ushr» molning, hosilning o‘ndan bir bo‘lagi, demakdir. Islom shariatiga ko‘ra yomg‘ir suvi va jilg‘a, soy suvi bilan o‘sgan g‘alla, beda, mevalarning hamda ana shunday yerlardan yig‘ib olingan asalning o‘ndan bir qismini, ya'ni ushrini berish farz (majburiy) hisoblanadi. Hosil olgan odam xoh boy yoki kambag‘al, xoh balog‘atga yetgan yoki yosh bola bo‘lsin, baribir ushr beraveradi. Ushr ham zakot oluvchilar, ya'ni faqir kishilarga beriladi.

Bordiyu yomg‘ir yog‘maydigan yerlarga charxpalak yoki nasos kabi asboblar bilan suv chiqarib ekilgan bo‘lsa, bunda ushr to‘liq berilmaydi, balki yigirmadan bir qismi beriladi. Ijaraga olingan yerga ekilgan ekindan ushrni o‘sha ijaraga olib ekkan kishi beradi, ammo ba'zi ulamolar yer egasi beradi, deyishadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.