background
logotype
image1 image2 image3

Dehqonchilik mahsulotlari va mevalardan ham zakot beriladimi?

Savol: Dehqonchilik mahsulotlari va mevalardan ham zakot beriladimi?

Javob: Yerlar ikkiga ajratiladi:

1. Ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki davlat rahbari tomonidan yerni fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berishi hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosi bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar.

2. Xiroj berishi lozim bo‘lgan joylar . Musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh bilan qo‘lga kiritilgan va mahaliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlar.

Yilning aksar qismida yomg‘ir va shunga o‘xshash suvlar bilan sug‘orilgan yerlar mahsulotidan ushr beriladi. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan yerlar hosilidan yigirmadan biri zakot qilib beriladi.

Ushr berishda yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng bir yil o‘tishi, nisob miqdori shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat'i nazar, undan ushr beriladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.