background
logotype
image1 image2 image3

Boy odam o‘zining faqir katta o‘g‘liga zakot bersa bo‘ladimi? Nega endi faqat kattasiga, kichiklariga-chi?

Savol: «Dinda savolim bor»ning birinchi kitobidagi «Zakot bobi»da «Badavlat kishining faqir katta o‘g‘liga, badavlat kishining faqir xotiniga, farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berish joiz», degan jumlani o‘qib qoldim. Nima, boy odam o‘zining faqir katta o‘g‘liga zakot bersa bo‘ladimi? Nega endi faqat kattasiga, kichiklariga-chi? Shuni kengroq izohlab bera olmaysizlarmi?

Javob: Siz bu iborani butunlay boshqacha tushunibsiz. Bu yerda gap boy kishining o‘z farzandi yoki xotiniga emas, to‘ng‘ich yoki kenja farzandiga ham emas, balki boshqalarning ana shu kishilarga beradigan zakoti haqida ketyapti. Islom fiqhining e'tiborli manbai hisoblangan «Hidoya»ning «Zakotni kimga berish mumkin va kimga berish mumkin emasligi haqidagi bobi»da shunday deyilgan:

«Zakotni boy kishining yosh farzandiga berilmaydi». Chunki yosh farzand o‘z otasining boyligi hisobiga boy deb z'tibor qilinadi. Ammo u balog‘atga yetgach, otasining boyligi bilan boy hisoblanmaydi. Zero mustaqil bo‘ladi. Agar kambag‘al bo‘lsa, (otasi emas!!!) boshqalar unga zakot berishi mumkin. Shuningdek, boyning xotini ham agar kambag‘al bo‘lsa, unga ham boshqalar zakot berishi mumkin, chunki xotin erining boyligi sababli boy, deb hisob qilinmaydi. Erning xotinga beradigan nafaqasi (moddiy ta'minoti) bilan xotin boy bo‘lib qolmaydi».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.