background
logotype
image1 image2 image3

Tahoratga doir fatvolar – 2-qism

51-FATVO

Tovuqning yangi tuqqan tuxumi suvga tushsa, suvni nopok qilmaydi.

«Qozixon»

Izoh: Bu fatvoning ahamiyati shundaki, hech kim odatda tuxum tushgan suvni iste'mol qilmaydi. Lekin ayrim savodxonlar qozonga yoki idishga xom tuxumni chaqib oqizsa, u haromga aylanadi, chunki tuxum po‘chog‘ining ustki qismi nopok. Unga tegib tushgan suyuqlik ham nopok bo‘ladi, deb odamlarni shubhaga solayotganliklari ma'lum bo‘lgani uchun mazkur fatvoni topib yozishga to‘g‘ri keldi. Demak, tuxum po‘chog‘ining ustki qismi shar'an toza hisoblanar ekan.

52-FATVO

Daraxt tanasidan chiqqan va turli mevalardan siqib olingan suvlar bilan tahorat qilish mumkin emas.

«Qozixon»

53-FATVO

Junub kishi og‘zini chaymay turib, suv ichsa, qaraladi - agar u faqih bo‘lsa ichgan suvi og‘izni chayish. o‘rniga o‘tmaydi. Zero, faqih kishi suvni og‘izning hamma joyiga tegadigan qilib ichmay, istihola bilan so‘rab ichadi. Ilmsiz kishi bo‘lsa, ichgan suvi og‘iz chayish o‘rniga o‘tadi. Zero, u so‘rib ichmay, og‘ziny to‘ldirib xo‘plab ichadi. Natijada suv og‘izning hamma joyiga tarqaladi.

«Qozixon»

54-FATVO

Go‘shti halol hayvonlarning siydigi Imom Abu Hanifa (rh.) nazdida - najas, Imom Abu Yusuf (rh.) nazdida - yengil najas, Imom Muhammad (rh.) nazdida - toza hisoblanadi.

«Qozixon»

55-FATVO

Tovuq, o‘rdak, g‘ozdan boshqa go‘shti halol parrandalarning axlati toza hisoblanadi. Inson, it va yirtqich hayvonlarning axlati najasdir. Lochin, kalxat kabi yirtqich qushlarning axlati kiyimni benamoz qilmaydi. Pashsha, bit, burga qoni ham shunday.

«Qozixon»

56-FATVO

Bo‘ynida it yoki bo‘ri tishidan yasalgan taqinchoq osiqlik bo‘laturib namoz o‘qish mumkin.

«Qozixon»

57-FATVO

Qo‘yni so‘yganda pichoqqa yopishgan qonni uning yungiga artib qon izi ketkazilsa pichoq toza bo‘lur. Shuningdek, metalldan yasalgan qilich kabi boshqa tig‘li narsalar ham najosatdan tozalash uchun tuproq yoki latta bilan artiladi.

«Sirojiya», «Qozixon»

58-FATVO

Qo‘yning kallasi qonga belangan bo‘lsa-da, uni kuydirib, so‘ngra qozonga solib, qaynatib ggashirilsa, sho‘rvasini ichish mumkin. Kalla uni palid qilmaydi.

«Qozixon»

59-FATVO

Go‘shtning ustiga so‘yilganda oqqan qondan tekkan bo‘lsa, uni yuvmasdan ishlatib bo‘lmaydi. Ammo go‘shtning o‘zida yoki tomirlarida qolgan qon bo‘lsa zarari yo‘q.

«Qozixon»

60-FATVO

Qozon qaynab turganda osmondan qush uchib kelib tushsa qozondagi hamma narsa palid (nopok) bo‘ladi, hammasi to‘kib yuboryladi. Ammo qaynamay sokin turganda tushsa, sho‘rvaning suvi to‘kib tashlanib, go‘shti yuvib qayta ishlataveriladi.

«Qozixon»

61-FATVO

Ikki qo‘yai shol bo‘lib qolg‘an odam tahrratga h tayammumga ham qodir bo‘lmasa, ikki bilagini tirsaklari bilai yerga, -yuzini' devorga surtib tayammum qilib, namoz o‘qishi mumkin.

«Qozixon», «Naf'ul-muftiy»

62-FATVO

Tahorat qilgandan keyin mo‘ylabini, sochini qirsa yoki tirnog‘ini olsa, tahorat qaytadan qilinmaydi.

«Qozixon»

63-FATVO

Tahorat yoki g‘usl qilganda badandagk mavjud kir ustidan yuvilsa, u suvni o‘z ostiga o‘tkazgani uchun tahorati ham, g‘usli ham joiz hisoblanadi. Ammo junub ayolning tirnoqlari ostidagi xamir yoki loysuvoq qilgan kishining tirnoqtari ostida qolgan loy qoldiqlari yoki bo‘yoq asoratlari suv o‘gkazishi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba'zi ulamolar suv o‘tkazadi deb fatvo berganlar. «Sirojiya» kitobida tirnoq ostida xamir qolgan bo‘lsa, g‘usl joiz emas, deyilgan.

«Qozixon», «Sirojiya»

64-FATVO

Junub kishiga g‘usl qilishdan oldin ovqatlanishga to‘tri kelib qolsa, qo‘llarini yuvib, og‘iz va burnini suv bilan chayib ovqatlanishi mumkin.

«Qozixon»

65-FATVO

Junub kishi peshob qilmay turib g‘usl qilgan va namoz o‘qigan bo‘lsa namozi durust. Bordi-yu, shundan keyin maniy qoldig‘i chiqib qolgudek bo‘lsa, Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida u g‘uslni qayta qiladi, Abu Yusuf (rh) nazdida esa, bu bilan g‘uslni ham, namozni ham takrorlamaydi.

«Qozixon», «Sirojiya»

66-FATVO

Ishtonbog‘ (yoki kamar) it yungidan qilingan bo‘lsa kiyimni benamoz qilmaydi

«Olamgiriya»

67-FATVO

Safarda junub, hayzdan pok bo‘lgan ayol va mayyit birga bo‘lib qolsa va ularda bir kishining g‘usliga yarasha suv bo‘lsa, qaraladi - agar suv ulardan biriga qarashli bo‘lsa, o‘sha ishlatadi. Bordi-yu, suv uchoviga qarashli bo‘lsa, hammasi tayammum qilib, suvni ichishlari mumkin. Agar suv egasiz bo‘lsa, junub g‘usl, ayol tayammum qiladi. Mayyit ham tayammum qildiriladi.

«Qozixon»

68-FATVO

Istinjoni tahoratdan keyin qilsa, tahorati buzilmaydi.

«Sirojiya»

69-FATVO

Tahorat qilgach, ikki oyog‘ini nopok yerga qo‘ysa, qaraladi - agar yer qattiq va quruq bo‘lib, uzoq turmay, darhol oyoqlarini u yerdan olsa zarari yo‘q. Ammo oyoqtari qurigan, yer esa nam bo‘lib, oyoqlaryga o‘sha namlik o‘tsa, oyoqlarini yuvib olishi kerak bo‘ladi.

«Sirojiya»

70-FATVO

Gul, qovun, tarvuz suvlari, sut, sirka kabi suyuqliklar toza hisoblanadi va ular bilan qo‘l va kiyimlar yuvilsa toza bo‘ladi, lekin ular bilan tahorat yoki g‘usl qilinmaydi.

«Sirojiya»

71-FATVO

Tayammumni barcha yer jinsidan bo‘lgan narsalar bilan qilish mumkin. Masalan, qum, chang, tosh, oxak, surma, ganch, zirnix (margimush) yoqut, marjon, zumrad, feruza, g‘isht va boshqalar. Ammo kul, qo‘rgoshin, oltin, kumush, shisha, tuz, loy kabi narsalar bilan tayammum qilinmaydi. Imom Saraxsiy va Hussomiddin (rh.)lar so‘ziga ko‘ra, tog‘ tuzlari bilan tayammum qilish joiz, suv tuzlari bilan mumkin emas. Oltin, kumush, temir, mis kabi metallar yerdan olinib, buyum yasalmay turgan holatida ular bilan tayammum qilish mumkin.

«Sirojiya», «Naf'ul-muftiy»

72-FATVO

Qiz boladan to‘qqiz yoshga yetmay turib hayz qoni kelsa, u shar'an hayz hisoblanmaydi.

«Sirojiya»

73-FATVO

Ro‘zador kishi tahoratda og‘zini g‘arg‘ara qilmay chayadi. Suv tomoqqa ketib qolish xavfi bo‘lgani uchun g‘arg‘ara qilish makruh hisoblanadi.

«Naf'ul-muftiy», «Hoshiyatul Viqoya»

74-FATVO

Qalin soqolli odam tahoratda soqoli ostiga suv yetkazishi shart emas, balki ustki qismini yuvib qo‘yaveradi. Ammo soqoli siyrak kishi soqol ostiga suv yetkazishi farz amallardan hisoblanadi. Lekin g‘uslda qalin soqol ostiga suv yetkazish shart. Matnlarda kelgan soqolning to‘rtdan biriga mash tortish masalasidan yuvish farzligiga o‘tilgan.

«Naf'ul-muftiy», «Sharh Niqoya», «Vadoe»

75-FATVO

Insonning badanidan chiqqan ter shar'an toza hisoblanadi. Ammo muttasil araq ichishga mubtalo bo‘lgan kishining teri najas hisoblanadi.

«Sirojiya», «Zaxoir»

76-FATVO

Og‘iz to‘lib qayt qilish tahoratni sindiradi. Ammo ovqat oshqozonga yetib bormay turib qayt qilsa tahorat sinmaydi.

«Sirojiya», «Xazonatur-rivoyot»

77-FATVO

Baliqning ichidan chiqadigan qonga o‘xshash narsa qon hisoblanmaydi. U tozadir. Zero, qon oftobga tutilsa qorayishi kerak. Balikdan chiqqan narsa oftobda oqaradi.

«Naf'ul-muftiy»

78-FATVO

It suvga belanib silkinganida sachragan suv kiyimga tegsa qaraladi - agar suv it yungining ostigacha ivitgan bo‘lsa, kiyimga teyukan nopok suv miqdori bir dirham miqdoricha bo‘lsa kiyim nopok bo‘ladi. Bordi-yu, it yungining ustki qismigina ivigan bo‘lsa, sachragan suv kiyimni nopok qilmaydi.

«Naf'ul -mufshiy», «Jomeul -muzmarot»

79-FATVO

Kiyimking najosat tekkan joyi unutilib, uni topishning imkoni bo‘lmasa, kiyimning bir joyini qasd qilib yuvib qo‘yilaveradi. Shuningdek, donni yanchiyotgan eshaklar tezagini ajratib olib tashlash qiyin bo‘lgani tufayli bir qism donni olib yuvilsa yoki yuvmay ehson qilib yuborilsa yanchilgan doining hammasi poklangan bo‘ladi.

«Muxtasar», «Naf'ul-muftiy», «Xulosa»

80-FATVO

Gilam, palos kabi suvini siqib chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarga najas tekkan bo‘lsa, ularni bir kecha oqin suvga tashlab qo‘yish bilan poklanadi.

«Naf'ul-muftiy», «Fathul-Qadir», «Muxtasar»

81-FATVO

Asalga najas tushsa, uni poklash uchun asalga suv qo‘shib qaynatiladi. Suv bug‘lanib tamom bo‘lishi bilan yana suv quyib, ushbu jarayon uch marta takrorlanadi. Suvning miqdori o‘nga ikki, ya'ni asalning beshdan biricha suv qo‘shiladi.

«Naf'ul-muftiy», «Kunya»

82-FATVO

Badan, kiyim, idish va boshqa narsalarni poklash uchun ishlatiladigan vositalarning turlari ko‘pdir. Masalan:

1. Suv. Toza suv poklovchi vosita hisoblanadi. Binobarin, bir marta ishlatilgan suv «musta'mal» bo‘lib qolishi sababli uning poklash vositasi bo‘lish va bo‘lmasligida ixtilof qilingan. Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida «musta'mal» suv najas hisoblanib, boshqa narsani poklay olmaydi. Muhammad (rh.) nazdida esa, u toza hisoblangani sababli boshqa narsani ham poklashga yaraydi.

2. Suvdan boshqa sutoqlik turlari. Sirka, ishqor kabi suyuqliklarning suv o‘rniga o‘tish sharti - suyuq holatda bo‘lishi bilan birga najosatni ketkazuvchi, toza suyuqliklar sirasiga kiruvchi bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, yog‘, sut, qon, siydik kabi narsalar hech narsani poklay olmaydi. O'zi najosat, bo‘lgach, narsadagi najosatni ketkazgan taqdirda ham, baribir yuvilgan narsani nopok qilib qo‘yaveradi. Masalan, siydik bilan kiyimdagi qonni ketkazish mumkin. Lekin qon ketib, siydik asorati qolishi natijasida kiyim nopokligicha qolaveradi.

3. Yerga surtish. Oyoq kiyimlari ostiga najosat tegsa, Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida yerga ishqash bilan poklash mumkin. Imom Muhammad, Zufar, Shofiiy, Molik (rh.)lar nazdida faqat suv bilan yuvish bilan poklanadi. Qurigandan keyin belgisi qolmaydigan suyuq najosatlar faqat suv bilan yuvib poklanadi. Lekin qaysi vosita bilan bo‘lsa-da, najosatning hidi, rangi qolmaguncha tozalansa har qanday narsa toza bo‘laveradi, deb ittifoq etilgan.

4. Ishqalash. Kiyimda qurib qotib qolgan maniy ishqalab tashlash bilan ham pok bo‘ladi.

5. Tuproq. Shisha, pichoq va boshqa qattiq metatldan yasalgan silliq asboblar yerga, tuproqqa yoki boshqa matohlarta artish va ishqash bilan poklanadi.

6. Matoh bilan artish. Qon olingan a'zodagi qon yuqini latta, paxta, bint kabi narsalar bilan artib poklash mumkin.

7. Olov. So‘yilgan hayvon katlasi qonga belangan bo‘lsa-da, olovda kuydirilsa u poklangan holda pishadi. Uning sho‘rvasi ham halol. Qizigan tandirga nopok suv sepib quritilgach, pishirilgan non toza hisoblanadi. Temirdan yasalgan asboblarga tekkan najosat ham olov bilan poklanadi.

8. Bir jinsdan boshka jinsga aylanish. Aroq sirkaga aylantirilsa halol bo‘ladi. Tuz koniga singib ketgan eshak, cho‘chqa kabi hayvonlar bilan tuz nopok bo‘lib qolmaydi. Bu Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida shunday. Ammo Abu Yusuf (rh.) nazdida tuz nopok bo‘ladi. Fatvo oldingi hukmga berilgan.

9. Kesish. Taxta, yog‘och kabi narsalarning najosat tekkan joyi kesib tashlansa qolgan qismi pok hisoblanadi.

10. Yerni haydash. Najosat tuzpgan yerni chopish, haydash, ag‘darish kabi ishlov bilan poklash mumkin.

11. O'yib olib tashlash. Masalan, qotib qolgan yog‘, moy, qaymoq kabi narsalarga sichqon yoki boshqa palid narsa tushsa, o‘sha narsani atrofi bilan o‘yib olib tashlansa, qolgani pok hisoblanadi.

12. Oqin xovuz. Kichik hajmdagi hovuzga suv bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan bo‘lsa, unga najas tushsa nopok qilmaydi.

13. Oshlash. O'limtik va to‘shti harom hayvonlarning terisi oshlash bilan toza bo‘ladi. O'limtikning yungi, suyagi, payi ham toza hisoblanadi. Terisi oshlashni qabul qilmaydigan hayvonlar terisi poklanmaydi. Masalan, ilon, sichqon kabilarning terisi oshlashni qabul qilmaydi. Itning o‘zi toza yoki najas ekanida ixtilof qilingan. Ko‘pchilik ulamolar toza deganlar. Shuningdek, uning terisi najas, yungi esa toza deyilgan.

14. «Bismilloh» bilan so‘yish. Go‘shti yeyilmaydigan (cho‘chqadan boshqa) hayvonlarni musulmon odam «Bismilloh» bilan so‘ysa terisi, go‘shti toza bo‘lib qoladi. Ammo yeyish uchun halol bo‘lmaydi.

15. Yerning qurishi. Yerga najosat tushgan bo‘lsa, qurib asorati ketishi bilan yer toza bo‘ladi. Imom Zufar, Ahmad va Shofiiy (rh.)lar nazdida yuvilmaguncha toza bo‘lmaydi. Yerga yopishgan, masalan devor, daraxt, giyoh, qamishga o‘xshagan narsalar ham xuddi shunday. Shagal hukmi ham tuproq kabidir.

Agar daraxt yoki qamishdan kesib yoki sindirib olinsa va unga najas tegsa faqat yuvish yoki kesib tashlash bilan toza bo‘ladi. Yerga yotqizib terilgan g‘ishtlar ham yer hukmidadir.

16. Suvini chiqarish. Quduq suviga najas tushsa belgilangan miqdorda suv olib tashlash bilan quduqdagi qolgan suv pok hisoblanadi.

17. Taqsimlash. Donni yanchiyotgan hayvonlar siydigi aralashib ketgan don taqsimlab olinsa yoki bir qismini olib yuvilsa yoxud birovga berib yuborilsa, qolgan qismi halol hisoblanadi.

18. Bir qismini yuvish. Agar kiyimning bir joyiga najas tegsa, keyin uning qaysi joy ekani ma'lum bo‘lmasa, bir joyni qasd qilib yuvilsa, qolgan qismi ham toza hisoblanadi.

«Naf'ul -muftiy»

83-FATVO

Kiyimning yupqaligidan yirtilib ketmasin deb yuvganda siqmagan bo‘lsa ham zarurat yuzasidan joiz bo‘ladi.

«Naf'ul-muftiy», «ad-Durrul -muxtor»

84-FATVO

Zamzam suvi bilan g‘usl qilish joiz, lekin istinjo qilish makruhdir.

«Naf'ul -muftiy», «ad-Durrul -muxtor»

85-FATVO

Dasht, sahro joylardagi toshlar ustiga siyish, ular bilan istinjo qilish joiz emas. Zero, toshli joylar jinlar maskani hisoblanadi. Shuningdek, suyak va tezaklar bilan ham istinjo qilinmaydi. Zero, suyaklar jinlar ozuqasi, tezaklar esa ulovlarining ozuqasidir.

«Naf'ul-muftiy»

86-FATVO

Qasddan betahorat namoz o‘qigan kishi kofir bo‘ladi. Imom Halvoniy so‘ziga ko‘ra, tahoratning farzligini bilib turib, betahorat namoz o‘qigan kishi zindiq bo‘ladi.

«Qozixon»

87-FATVO

Hayz ko‘rgan ayol har bir namoz vaqti kirganda tahorat olib kelib har kuni o‘qiydigan joyiga o‘tirib, bir namoz o‘qiganchalik vaqt mobaynida tasbeh, tahlil o‘qib o‘tirishi mustahab amallardan hisoblanadi.

«Sirojiya»

88-FATVO

Yirtqich qushlarning og‘zidan qolgan suv yoki taom makruh. Lekin ular qafas yoki boshqa ihota qilingan joylarda toza yemish bilan boqilayotgan bo‘lsa, tumshuqlari nopok narsadan ifloslanmayotgan bo‘lsa, ularning og‘zidan qolgan yoki og‘zi tekkan narsa makruh emas. Bu Abu Yusuf (rh.)ning so‘zlari bo‘lib, shunday deb berilgan fatvoni mashoyixlar ma'qullaganlar.

«Zaxoir»

89-FATVO

Katta hovuz yoki oqin ariq suviga hayvon tezagi yoki boshqa najosat turlaridan biri tushgan bo‘lsa, uni biror idish bilan olib tashlaganda shu idish va uning ichidagi suv nopok bo‘ladi. Hovuz va ariq suvi esa pokligicha qolaveradi.

«Zaxoir»

Ming bir fatvo

Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.